Xomidov Qaxxorali Qurbonali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda turistik majmualar faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3389.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alieva Mahbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda turistik majmualar faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik majmua” tushunchasi o‘z tarkibiga ishlab chiqarish, ijtimoiy hamda rekreatsion tavsifdagi inshootlar, tarmoqlar va korxonalar majmuini oluvchi hamda turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi va turistik-rekreatsion sohaning amal qilishini ta’minlovchi shaxsiy infratuzilma tizimiga ega bo‘lishi jihatidan takomillashtirilgan.
turistik majmualarda “Ichki turizm oyligi”ni tashkil qilish asosida sayohat uchun nomavsumiy hisoblangan oylardagi turistik oqimning pasayishini ichki turizm dasturlari tarkibiga qo‘shimcha ravishda madaniy, ko‘ngilochar, milliy va diniy bayramlar, katta sport tadbirlarini kiritish hamda sayohat qulayliklarini yaratish orqali tartibga solish taklifi asoslangan;
turistik majmualar faoliyatida xizmat ko‘rsatuvchi korxona (mehmonxona, mehmon uylari, sanatoriy)lar va ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi korxona (kafe, restoran)lar uchun elektron buyurtma (dasturiy ta’minot va mobil ilova) platformasi yordamida turistik majmua xizmatlariga bo‘lgan yashirin talabni raqamli rezervlash amaliyotidan foydalanish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston ichidagi turizm iste’moli, investisiyalar hajmi, xizmat ko‘rsatilgan mijozlar soni, turizm tarmog‘i va boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarish hisobi va turizm sohasidan olinadigan daromadlar hajmini hisobga olib turistik majmualardan foydalanish asosida sohada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik majmua” tushunchasi o‘z tarkibiga ishlab chiqarish, ijtimoiy hamda rekreatsion tavsifdagi inshootlar, tarmoqlar va korxonalar majmuini oluvchi hamda turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi va turistik-rekreatsion sohaning amal qilishini ta’minlovchi shaxsiy infratuzilma tizimiga ega bo‘lishi jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Mehmonxona xo‘jaligida xizmatlar sifatini boshqarish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi va turistik-rekreatsion sohaning amal qilishini ta’minlovchi shaxsiy infratuzilma tizimiga ega bo‘lishi jihatidan takomillashtirilgan “turistik majmua” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
turistik majmualarda “Ichki turizm oyligi”ni tashkil qilish asosida sayohat uchun nomavsumiy hisoblangan oylardagi turistik oqimning pasayishini ichki turizm dasturlari tarkibiga qo‘shimcha ravishda madaniy, ko‘ngilochar, milliy va diniy bayramlar, katta sport tadbirlarini kiritish hamda sayohat qulayliklarini yaratish orqali tartibga solish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF–60-sonli Farmoniga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”dagi 35-maqsadda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 05-12-15-5444-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Ichki turizm oyligi»ni tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ssenariylar optimalligi ortgan hamda sohada mavjud bo‘lgan mavsumiylik omili salbiy ta’sir darajasi 10 -13 % ga pasaygan;
turistik majmualar faoliyatida xizmat ko‘rsatuvchi korxona (mehmonxona, mehmon uylari, sanatoriy)lar va ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi korxona (kafe, restoran)lar uchun elektron buyurtma (dasturiy ta’minot va mobil ilova) platformasi yordamida turistik majmua xizmatlariga bo‘lgan yashirin talabni raqamli rezervlash amaliyotidan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga 2-ilova sifatida tasdiqlangan 2019–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 05-12-15-5444-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida faoliyat ko‘rsatayotgan turistik korxonalarda yaratilayotgan xizmatlarga bo‘lgan real talabni potensial talabga aylantirish va, bu bilan, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi qisqa vaqtda o‘rtacha 15-20 % gacha ortgan;
O‘zbekiston ichidagi turizm iste’moli, investisiyalar hajmi, xizmat ko‘rsatilgan mijozlar soni, turizm tarmog‘i va boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarish hisobi va turizm sohasidan olinadigan daromadlar hajmini hisobga olib turistik majmualardan foydalanish asosida sohada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga 2-ilova sifatida tasdiqlangan 2019–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 05-12-15-5444-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va turizm xizmatlari bozori resurs komponentlarining optimal integratsiyasi hisobiga turistik korxonalar va turistik majmualarning maqsadli parametrlarini samarali belgilash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish