Ergasheva Nasiba Raxmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Mintaqada ausorsing xizmatlarini iqtisodiy baholash mexanizmini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari misolida), 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3084 .
 Ilmiy rahbar: Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa maqtabgacha ta’lim tashkilotlarida ausorsing xizmatlarini iqtisodiy baholash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:        
xarajatlarni minimallashtirish, sifatni ta’minlash (yaxshilash) va belgilangan muddatlarga rioya qilish maqsadida yuqori ixtisoslashgan kompaniyalar yoki alohida mutaxassislarni jalb qilish orqali mijozning asosiy bo‘lmagan funksiyalarini bajarishni o‘z ichiga olgan va biznes hamkorlikning yumshoq (soft) xizmat turi talqinida «ausorsing» iqtisodiy atamasining takomillashtirilgan mualliflik tarifi ishlab chiqilgan;
mintaqa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ausorsing xizmatlarini iqtisodiy baholashning “AMUI” (ausorser, mijoz, uchinchi tomonlar va integratsiyalashgan) sifat nazorati modeli ilmiy asoslangan;
 mintaqa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ausorsing xizmatlarining “X2S” (xavf, samaradorlik va sifat ko‘rsatkichlariga asoslangan) usuli vositasida muzokaralar jarayoni, shartnomani tuzish va bajarishda harajatlarni kamaytirish hamda biznesga yo‘naltirilgan tuzilmalarni yaratish va raqobatbardoshligini oshirish asoslangan;
Qashqadaryo mintaqasida ausorsing xizmatlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining sifat va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ausorsing xizmatlarini 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish istiqbollarining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada ausorsing xizmatlarini iqtisodiy baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy amaliy tavsiya hamda takliflar asosida:
xarajatlarni minimallashtirish, sifatni ta’minlash (yaxshilash) va belgilangan muddatlarga rioya qilish maqsadida yuqori ixtisoslashgan kompaniyalar yoki alohida mutaxassislarni jalb qilish orqali mijozning asosiy bo‘lmagan funksiyalarini bajarishni o‘z ichiga olgan va biznes hamkorlikning yumshoq (soft) xizmat turi talqinida “ausorsing” iqtisodiy atamasining takomillashtirilga oid nazariy-uslubiy materiallaridan oliy ta’lim o‘quv yurtlarining 60411700-Logistika (Agrologistika) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovasion infratuzilma” nomli darslikni tayyorlashda hamda Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatida foydalanilgan (Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Kengashining 2023-yil 29-noyabrdagi 5-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining   2023-yil 13-dekabrdagi 06-02/3-3362-son  ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurtlari talabalarida hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ausorsing xizmatlari tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
mintaqa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ausorsing xizmatlarini iqtisodiy baholashning “AMUI” (ausorser, mijoz, uchinchi tomonlar va integratsiya) sifat nazorati modeli taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-201-son qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning besh yillik dasturiga kiritilgan (Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari boshqarmasining 2023-yil 24-noyabrdagi 02/6-5-5517-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 13-dekabrdagi 06-02/3-3362-sonli ma’lumotno-malari). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida ausorsing xizmatlarini hududlarda rivojlantirishda tashkilot xarajatlarini 1,36 marta kamaytirish imkoni yaratilgan;
mintaqa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ausorsing xizmatlarining “X2S” (xavf, samaradorlik va sifat ko‘rsatkichlariga asoslangan) usuli vositasida muzokaralar jarayoni, shartnomani tuzish va bajarishda xarajatlarni kamaytirish hamda biznesga yo‘naltirilgan tuzilmalarni yaratish va raqobatbardoshligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-201-son qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning besh yillik dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 13-dekabrdagi 06-02/3-3362-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ausorsing xizmatlaridan foydalanish samaradorligi va sifatining oshishi ta’minlangan;
Qashqadaryo mintaqasida ausorsing xizmatlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining sifat va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ausorsing xizmatlarini 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish istiqbollarining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-201-son qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning besh yillik dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 13-dekabrdagi 06-02/3-3362-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida 2028-yilga borib maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ausorsing xizmatlari real hajmi o‘rtacha o‘sish sur’atlari 28,4 oshishi ta’minlanadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish