Usmanov Yusuf Alikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan erlarni tiklash va foydalanishga kiritish mexanizmlarini takomillashtirish» 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt796
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Altiev Abdurashid Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Muxtorov O‘zbekxon Burxonovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan erlarni tiklash va foydalanishga kiritish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
degradatsiyaga uchragan erlar hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va qayta ishlashning yagona monitoring tizimi shu turdagi sug‘oriladigan erlarning tarmoqlararo (idoralararo) alohida hisobini yuritish asosida takomillashtirilgan;
sug‘oriladigan erlarni tiklash va foydalanishga kiritishni tezkor boshqarish, monitoring qilish tizimi axborotlarni alohida navbatchi elektron xaritalarga kiritishga asoslangan “Degradatsiya xaritasini yaratish texnologiya” si ishlab chiqilgan;
degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan erlarni tiklash va foydalanishga kiritishni iqtisodiy rag‘batlantirish, ularni manzilli yo‘naltirishga qaratilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari ishlab chiqilgan hamda amalga oshirish mexanizmlari asoslangan;
degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan er maydonlarini rekul`tivatsiya qilish jamg‘armasini tashkil etish asoslangan, uning moliyaviy mablag‘larini shakllantirish mexanizmi hamda ushbu mablag‘lar kvotasini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan erlarni tiklash va foydalanishga kiritish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan erlarning tarmoqlararo (idoralararo) alohida hisobini yuritishni takomillashtirish, ushbu erlarni hisobga olishning markazlashgan tizimini shakllantirish yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 sentyabrdagi 0429-061065-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli xo‘jalik yuritish shakli faoliyatlari oqibatida degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan erlarning holati, xarakteri, miqdori va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, shuningdek degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan erlarni tiklash tadbirlarini amalga oshirish uchun texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
sug‘oriladigan erlarni tiklash va foydalanishga kiritishni tezkor boshqarish, monitoring qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 sentyabrdagi 0429-061065-son ma’lumotnomasi). Natijada, degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan erlarni tiklash va foydalanishga kiritish jarayonlarini boshqarishning operativligi, navbatligi hamda kompleksligiga, shuningdek investisiya resurslarini samarali taqsimlashga erishilgan;
degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan erlarni tiklash va foydalanishga kiritish faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 sentyabrdagi 0429-061065-son ma’lumotnomasi). Natijada, degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan erlarni tiklash va foydalanishga kiritishda erdan foydalanuvchi sub’ektlarni rag‘batlantirish hamda ularning faoliyatini sug‘urtalash, investisiyalash, subsidiyalash asosida qishloq xo‘jaligi erlarini foydalanishga qaytarish imkoniyati yaratilgan;
degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan erlarni tiklash va foydalanishga kiritish jamg‘armasini tashkil etish taklif qilingan, jamg‘armaning moliyaviy mablag‘lari shakllanish mexanizmi, ushbu mablag‘lar kvotasini aniqlash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 sentyabrdagi 0429-061065-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlar kesimida jamg‘armaga kelib tushgan moliyaviy mablag‘larning taqsimlanadigan (Jamg‘arma direksiyasini saqlab turish xarajatlaridan tashqari) qismini aniqlash hamda tuproq unumdorligi (bonitet ball)ga nisbatan rag‘batlantirishning individual koeffisientini aniqlash imkoniyati yaratilgan.