Islomov Imongali Nizomidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent shahri atrofi qishloq xo‘jaligining hududiy tarkibi va uni takomillashtirish», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Gr60.
Ilmiy rahbar: Abdalova Zulxumar Tairovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Rajabov Furqat To‘raqulovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahri atrofi qishloq xoʻjaligining hududiy tarkibini kompleks baholash va takomillashtirishga bogʻliq muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“shahar atrofi”, “shahar atrofi hududi”, “shahar atrofi qishloq xo‘jaligi” tushunchalarining mazmuni ilmiy-uslubiy takomillashtirilgan hamda poytaxt – Toshkent shahri atrofi qishloq xo‘jaligining hududiy tarkibi va ixtisoslashuvi omillari ko‘p komponentli hamda integral baholangan;
poytaxt – Toshkent shahrining ta’siri sharoitida shahar atrofi qishloq xo‘jaligining tarmoqlar va hududiy tarkibi, ixtisoslashuvi darajasi va ishlab chiqarish salohiyati kompleks baholangan;
Toshkent shahri atrofi qishloq xo‘jaligi mintaqasida agroklasterlar, jumladan chorvachilik agroklasterlarini oqilona hududiy tashkil etish va ixtisoslashtirish ilmiy asoslangan hamda 1:180000 masshtabli kartasi ishlab chiqilgan;
shahar atrofi mintaqasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti turlari bo‘yicha aholining me’yoriy talab ehtiyojlari hajmi aniqlangan hamda shahar atrofi qishloq xo‘jaligining hududiy tarkibini takomillashtirish va rivojlantirishga doir ilmiy – amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent shahar atrofi qishloq xo‘jaligining hududiy tarkibi va uni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent shahri va viloyati agroiqlim sharoiti, er-suv resurslari, qishloq xo‘jaligining hududiy va tarmoqlar tarkibi, xo‘jalik ixtisoslashuvi, agroklasterlarning hududiy joylashuvining asoslari hamda uning mazmuni va mohiyati 5110500 - Geografiya o‘qitish metodikasi bakalavriat yoʻnalishi uchun “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” (Guvohnoma, №303-028) o‘quv qo‘llanmasi va 5110500 - Geografiya o‘qitish metodikasi bakalavriat yoʻnalishi uchun “Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” (Guvohnoma, №522-005) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. Natijada, geografiya o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining bilimlarini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan;
“Shahar atrofi”, “shahar atrofi hududi”, “shahar atrofi qishloq xo‘jaligi” tushunchalarining mazmuni ilmiy asoslangan hamda poytaxt – Toshkent shahri atrofi qishloq xo‘jaligining hududiy tarkibi va ixtisoslashuvi omillarini belgilash bo‘yicha taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 sentyabrdagi 34-05/4767-sonli, 2024 yil 12 fevraldagi 06/27-05/824-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, mazkur ilmiy natijalardan foydalanish Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan;
poytaxt – Toshkent shahrining ta’siri sharoitida shahar atrofi qishloq xo‘jaligining tarmoqlar va hududiy tarkibi, ixtisoslashuv darajasi va ishlab chiqarish salohiyatini baholash ishlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 sentyabrdagi 34-05/4767-sonli, 2024 yil 12 fevraldagi 06/27-05/824-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, qishloq xo‘jaligining hududiy tarkibi va ularning infratuzilmalarini tartibga solish jarayonlarida foydalanilgan hamda shahar atrofi qishloq xo‘jaligini matematik, statistik, kartografik usullar yordamida tadqiq etishning metodologik yondashuvlarini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
shahar atrofi qishloq xo‘jaligining hududiy tarkibini takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha GAT texnologiyasi asosida hududning 1:180 000 masshtabdagi Toshkent shahar atrofi dehqonchilik hamda chorvachilik mahsulotlari etishtirish boʻyicha tumanlarning ixtisoslashuv koeffisienti kartalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 sentyabrdagi 34-05/4767-sonli, 2024 yil 12 fevraldagi 06/27-05/824-son ma’lumotnomalari). Natijada, Toshkent, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini takomillashtirish imkoniyatini bergan;
shahar atrofi mintaqasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti turlari bo‘yicha aholining me’yoriy talab-ehtiyojlari hajmi aniqlangan hamda shahar atrofi qishloq xo‘jaligining hududiy tarkibini takomillashtirish va rivojlantirishga doir ilmiy- amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 sentyabrdagi 34-05/4767-sonli, 2024 yil 12 fevraldagi 06/27-05/824-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, Toshkent shahri atrofi va Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi hududiy tarkibini rivojlantirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish imkonini bergan.