Mavlyanov Muxiddin Baxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Past navli sil`vinit ma`danlarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T1716.
Ilmiy rahbar: Adilova Moxira Shavkatovna, texnika fanlari  nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori; Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tyubegatan koni past navli sil`vinit ma’danlarini galurgiya usulida kompleks qayta ishlash texnologiyasini fizik-kimyoviy va texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor boyitish jarayonini ketma-ketligini tanlashga imkon beruvchi Tyubegatan koni past navli sil`vinit ma’danlari tarkibidagi minerallar miqdorini ma’dan tarkibidagi KCl, NaCl nisbatlari va zarralar o‘lchamiga bog‘liqlik nomogrammalar yaratilgan;
Tyubegatan koni kaliyli ma’danlarining mineralogik tarkibi, KCl, erimaydigan qoldiq miqdori va zarralar o‘lchamining o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra gravitatsion, flotatsiya, galurgiya usullari kombinatsiyalangan 3 xil boyitish texnologiyalari taqqoslangan bo‘lib, galurgiya usulini turli tarkibli sil`vinitlarda to‘g‘ridan - to‘g‘ri qo‘llash mumkinligi ilmiy asoslangan;
25 va 1000S haroratlardagi KCl-NaCl-H2O uch komponentli tizim izotermalari asosida 3 ta variantda to‘liq va qisman eritish usullarida Tyubegatan koni kaliyli ma’danlarini galurgik boyitish va past navli sil`vinitlarni tarkibidagi KCl miqdori 18% dan kam bo‘lganda suvda (past haroratda), hamda 18% dan ko‘p bo‘lganda qaytarma eritmada (yuqori haroratda) kompleks qayta ishlash prinsipial sxemasi taklif etilib, texnologik omillarni o‘zgartirish oralig‘i aniqlangan;
Tyubegatan koni past navli sil`vinit ma’danlarini suv va to‘yingan qaytarma eritmada (M25 tarkibli) eruvchanligi zarralar o‘lchami, harorat, Q:S nisbati, vaqt va tarkibidagi (9,2, 13,2, 18,3, 26,1%) kaliy xloridga bog‘liq holda, hosil bo‘ladigan eritmalarni bug‘latish darajasi va sovutish tezligini KCl va NaCl chiqishiga ta’siri diagrammalari yaratilgan;
standart azot-, fosforli o‘g‘itlar, kaliy xlorid va Tyubegatan konining sil`vinitlarini flotatsion va galurgik boyitish chiqindilari asosida NPK-o‘g‘itlar olish imkoniyatlari asoslangan, olingan NPK- o‘g‘itlarning tovar xossalari aniqlangan;
Tyubegatan koni past navli sil`vinitlarini to‘liq va qisman eritish usullarida 2 bosqichli galurgik boyitib ozuqa osh tuzi va yuqori sifatli texnik oq kaliy xloridi olish imkonini beruvchi moslashuvchan texnologik sxemasi hamda o‘zgaruvchan tarkibli Tyubegatan koni past navli sil`vinitlarini kompleks qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning  moddiy balansi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Past navli Tyubegatan konining sil`vinit ma’danlarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tyubegatan koni past navli sil`vinitlarini galurgiya usulida kompleks qayta ishlab, toza kaliy xlorid olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ qo‘shma korxonasining «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» AJ-QKning 2022 yil 7 sentyabrdagi 198-son ma’lumotnomasi). Natijada, past navli sil`vinit ma`danlarini kompleks qayta ishlash, ozuqa uchun ishlatishga yaroqli bo‘lgan toza kaliy xlorid olish darajasini oshirish imkonini beradi;
past navli Tyubegatan koni sil`vinitidan toza natriy xlorid olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» AJ-QKning 2022 yil 7 sentyabrdagi 198-son ma’lumotnomasi). Natijada, past navli sil`vinitdan ozuqa uchun ishlatishga yaroqli bo‘lgan toza natriy xlorid olish imkonini bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish