Samadov Elyor Erkinovichning
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘simlik yog‘ini rafinatsiyalash jarayonini optimal boshqarish tizimini ishlab chiqish”, 05.01.08 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2845.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Kadirov Yorqin Bahodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik – texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: real vaqt rejimida energiya va resurslarni tejashni ta’minlash bilan yakuniy mahsulot sifatini ishonchli baholash va bashorat qilish imkonini beruvchi o‘simlik moylarini rafinatsiyalashning murakkab ko‘p bosqichli texnologik jarayonlarini optimal boshqarish tizimini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakuniy mahsulot sifatini bashoratli aniqlash asosida o‘simlik moylarini real vaqt rejimida rafinatsiyalashning ko‘p bosqichli texnologik jarayonlarini optimal boshqarish vazifalarida oqim analizatorlaridan foydalanish zarurati asoslangan;
o‘simlik moylarini rafinatsiyalashning texnologik jarayonining parametrik modeli asosida virtual analizatorni strukturalash usullari ishlab chiqilgan;
o‘simlik moylarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga asoslangan o‘zaro ta’sir qiluvchi fazalarning murakkab gidrodinamik sharoitiga ega issiqlik-massa almashinish jarayonini optimal boshqarish usuli ishlab chiqilgan;
sintezlanadigan tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirish asosida yuqori moslashuvchanlik xususiyatlariga ega, teskari aloqani shakllantirishning tayanch sxemasi nisbatan sodda bo‘lgan o‘simlik moylarini rafinatsiyalash jarayonini boshqarish tizimining bashoratlovchi modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘simlik moylarini rafinatsiyalash texnologik jarayonlarini optimal boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
real vaqt rejimida ishlash qobiliyatiga ega on-line oqimli ekspress-analizatorlardan foydalanib, ishlab chiqilgan o‘simlik moylarini rafinatsiyalashning ko‘p bosqichli texnologik jarayonini optimal boshqarish tizimi “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ da joriy qilingan (“O‘ZYoG‘MOYSANOAT” Korxonalari Uyushmasining 2023-yil 24-noyabrdagi №NM/3-513-son ma’lumotnomasi). Natijada rafinatsiyalash jarayonini boshqarish tizimining sifatini oshirishga erishilgan;
ekspress-analizator modeliga kiritilgan algoritm asosidagi dasturiy ta’minot “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ da joriy qilingan (“O‘ZYoG‘MOYSANOAT” Korxonalari Uyushmasining 2023-yil 24-noyabrdagi №NM/3-513-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simlik moylarini rafinatsiyalash texnologik jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirish va energiya sarfini 3 % ga kamaytirish imkonini bergan;  
tarkibiga virtual analizator kiritishni strukturalashga imkon beradigan o‘simlik moylarini rafinatsiyalash texnologik jarayonining parametrik modeli “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ da joriy qilingan (“O‘ZYoG‘MOYSANOAT” Korxonalari Uyushmasining 2023-yil 24-noyabrdagi №NM/3-513-son ma’lumotnomasi), Natijada obekt parametrlarini aniqlashning aniqligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish