Tadjitdinov G‘ayrat Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Neft va gaz rezervuarlarini yong‘in xavfsizligidan masofadan nazorat qilish va signalizatsiyalash tizimlari”, 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1112.
Ilmiy rahbar: Uljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Mavlyankariev Baxtiyor Abdugafurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “O‘ZLITINEFTGAZ” aksiyadorlik jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz rezervuarlarini yong‘in xavfsizligidan masofadan nazorat qilish va signalizatsiyalash tizimlarini va ularning elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mantiqiy algebra nazariyasi bazasida nazorat qilinadigan parametrlarni o‘zgarishi bo‘yicha neft va gaz rezervuarining diagnostik holatini baholash imkonini beradigan neft va gaz rezervuarlari texnologik parametrlarini nazorat va diagnostika qilish tizimining matematik modeli ishlab chiqilgan;
tizimning qabul qiluvchi, uzatuvchi blok va qismlari o‘rtasida tezkor axborot almashinuvi, shuningdek, axborotlarga ishlov berish, identifikatsiyalash va vizual aks ettirishni ta’minlovchi neft va gaz rezervuarlari texnologik parametrlarini nazorat va diagnostika qilish intellektual tizimining ishlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
kontaksiz kommutatsiyalovchi elementlar vositasida datchik va o‘zgartirgichlarga ta’minotni dastur bo‘yicha davrli uzatishga asoslangan, tizimning ishonchligini oshirishni ta’minlaydigan, shuningdek, datchik va o‘zgartirgichlarning energiya iste’molini kamaytiradigan usullar taklif etilgan va intellektual sxemalar ishlab chiqilgan;
parametrlarni masofadan nazorat qilish o‘zgartirgichlarining statik va dinamik tavsiflarini eksperimental tadqiq qilish uslubiyati ishlab chiqilgan hamda atrof-muhit harorati -55°S dan 70°S gacha oraliqda o‘zgarganda yuqori aniqlikli (presizion) elementlarni quvvatiga qo‘yilgan cheklanishlarni ta’minlagan holda ularning tavsiflarini chiziqliligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft va gaz rezervuarlarini yong‘in xavfsizligidan masofadan nazorat qilish va signalizatsiyalash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft va gaz rezervuarlarini yong‘in xavfsizligidan masofadan nazorat qilish va signalizatsiyalash tizimi “O‘ZBEKNEFTEGAZ” AJ “Chinobod neft bazasi” MChJda hamda “O-NERO GAZ” suyultirilgan gaz to‘ldirish shaxobchasida joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” Nazorat-profilaktika faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasining 2023-yil 24-maydagi 04-1318-son ma’lumotnomasi). Natijada, dispetcherning monitorida neft va gaz rezervuarlarining 6 dan ortiq parametrlari holatining o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarni 0,5÷1,0 soniya vaqt ichida olishga erishilgan;
neft va gaz rezervuarlarini yong‘in xavfsizligidan masofadan nazorat qilish va signalizatsiyalash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qismlari yoqilg‘i-moylash mahsulotlari omborlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2023-yil 6-iyuldagi 6777/B-son ma’lumotnomasi). Natijada, datchik va o‘zgartirgichlarni manbaga kontaksiz kommutatsiyali, davriy dasturiy ulanishi natijasida quvvat sarfi 1,2-1,5 martaga kamaygan, taklif etilgan usulni qo‘llash orqali esa o‘zgartirgichning energiya istemolini 5-10%ga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish