Atakulova Nargiza Baxtiyorjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tarvuz va limon chiqindilaridan xalq tabobatida foydalaniladigan oziq-ovqat qo‘shilmalari tayyorlash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/K672.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mamatova Irodaxon Yusupovna kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vohidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mamatqulova Surayyo Abdusamatovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarvuz va limon chiqindilari saqlagan buyrak tosh kasalligini davolashga va profilaktikasida qo‘llaniladigan biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalar ishlab chiqish, ularning kimyoviy tarkibi asosida Uyg‘unlashgan tizim qoidalari bo‘yicha yangi tovar kodlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarvuz urug‘i, po‘stlog‘i va limon po‘stlog‘ining tarkibidagi makro- va mikroelementlar, suvda eruvchan C, B1, B3, B6 va B12 vitaminlari hamda digidrokversetin, lyutionin, rutin, salidrazid, kversetin, gall kislotasi, apigenin va kempferol zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
in vitro sharoitida shirin tarvuz urug‘ining antioksidanlik faolligi gliklazidga nisbatan 5,7 marta, kversetinga nisbatan 1,6 marta yuqori ekanligi, shuningdek, po‘stining antioksidantlik faolligi mos ravishda 6,4 va 1,8 marta yuqori ekanligi isbotlangan;
ilk bor shirin tarvuz urug‘i va po‘stlog‘i asosida buyrak tosh kasalligini davolash va oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan “ASNARMUN” va “ASBAXT” tabiiy oziq- ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqilgan;
in vitro sharoitida “ASNARMUN” oziq-ovqat qo‘shilmasining antioksidant faolligi gliklazidga nisbatan 5,9 marta, kversetinga nisbatan 1,7 marta yuqori ekanligini, shuningdek, “ASBAXT” oziq-ovqat qo‘shilmasining antioksidant faolligi mos ravishda 4,6 va 1,3 marta yuqori ekanligi aniqlangan;
antiradikal faollik etalonga nisbatan “ASNARMUN” oziq-ovqat qo‘shilmasida 1,9 marta, “ASBAXT” oziq-ovqat qo‘shilmasida esa 1,9 marta yuqori ekanligi isbotlangan.
“ASNARMUN” va “ASBAXT” oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarvuz va limon chiqindilari (po‘slog‘i, urug‘i) kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlarini aniqlash, ular asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish va kimyoviy tarkibi asosida sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“ASNARMUN”, “ASBAXT” oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun ishlab chiqilgan texnik shart (Tsh 303271760-02:2023) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2023 yil 15 iyundagi 31-8/927-son ma’lumotnomasi). Natijada, shirin tarvuz po‘sti va urugʻi hamda limon po‘sti asosida tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
“ASNARMUN”, “ASBAXT” oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida ishlab chiqarish uchun ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnoma (TY303271760-02:2023) ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2023 yil 15 iyundagi 31-8/927-son ma’lumotnomasi). Natijada, buyrak toshni davolash xususiyatiga ega bo‘lgan yangi tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish