Musurmanov Elyor Shirinkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxta chuqur gorizontlarini qazib olishda shamollatish tarmog‘i rivojlanishini asoslash va uskunalar samaradorligini oshirish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish), 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2189.
Ilmiy rahbar: Mislibaev Ilhom Tuychibaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Ilhom Pulatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xasanov Obid Abdullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ruda konlarining chuqur gorizontlarini qazib olishda shamollatish tarmog‘i rivojlanishini asoslash va ventilyator qurilmalari samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rudnik shamollatish tarmog‘ining ko‘p bosqichli diagonal tizimi modelini tanlash asoslangan va kon ishlarining intensiv rivojlanishi va konsentratsiyasining, shamollatish kon lahimlari topologiyasini o‘zgarishining, qazib olinadigan foydali qazilma birligi uchun tayyorgarlik va kesish ishlari nisbiy hajmining va shamollatish tarmog‘i aerodinamik qarshiligi oshishining shaxta ishlab chiqarish quvvati parametlari bilan o‘zaro bog‘liqliklari aniqlangan;
yo‘naltirilgan tarmoqli grafik usulida shamollatish tizimi modeli yaratilgan va havo oqimi parametrlarini boshqarishni tizimlashtirish va rostlash imkonini beradigan har bir tarmoq uchun qarshiliklar qonuni, tugunlar uchun havo oqimi massasi saqlanish qonuni va konturlar uchun havo oqimi energiyasini saqlanish qonuni asoslangan;
kon ishlarining rivojlanish dinamikasida shamollatish ko‘rsatkichlarini va kon lahimlarining tarmoqlanishini hisobga olgan holda ventilyator qurilmalari ishchi uskunalari va elementlarining parametrlarini boshqarishning ilmiy asoslari aniqlangan;
havo haydovchi stvolda tashqi yo‘qotilishlarni kamaytirish uchun stvolga haydalayotgan havoning o‘z energiyasidan foydalangan holda havo pardasi orqali qarama-qarshi bosim yaratish usuli qo‘llanilgan, ventilyator qurilmasining ishchi g‘ildirak kuraklarini o‘rnatilish burchagini kamaytirish orqali optimal ishlash rejimi o‘rnatilgan va mos ravishda uning turli unumdorliklarda iste’mol qiladigan elektr energiya qiymati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shamollatish tarmog‘ini quyi tizimlarining havo oqimi parametrlarini samarali boshqarish va rostlash orqali tarmoqni rivojlantirish va ventilyasiya uskunalari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
stvol ustki qismida tashqi havo yo‘qotilishini oldini olish uchun shaxtaga yuborilayotgan havo oqimi energiyasidan foydalanib qo‘llanilayotgan havo pardasi yordamida havo oqimini boshqarish bo‘yicha texnik tavsiya «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJga qarashli G‘ujumsoy konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 28 sentyabrdagi 23/01-01-07/470-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy oqimga teskari oqim hosil qilindi va havo pardasi yordamida to‘siq yaratildi, bu havo etkazuvchi stvolning og‘zida tashqi havo yo‘qotilishlarini 62-75 % ga, bosh ventilyator qurilmalari ish rejimlarini to‘g‘ri tanlash va energiya iste’molini 17-22 % gacha kamaytirish hamda havo bilan ta’minlash sifati va kon ishlarining xavfsizligini yanada yaxshilash imkonini bergan;
shamollatish tarmog‘ining tutashgan va murakkab shamollatish uchastkalaridagi havo oqimini ishlatilgan konveer tasmalaridan tayyorlangan tez ko‘chiriladigan bo‘ylama devorlar va shamollatish to‘siqlaridan foydalangan holda boshqarish va rostlash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJga qarashli G‘ujumsoy konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 28 sentyabrdagi 23/01-01-07/470-son ma’lumotnomasi). Natijada, shamollatish tarmog‘ining asosiy bo‘g‘inlarida havo oqimini barqaror boshqarish va taqsimlash, ichki havo oqimi yo‘qotishlarini 18-25 % dan 8-10 % gacha kamaytirish imkonini bergan.