Tashmuxamedova Yayra Atxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt.3278.
Ilmiy rahbarlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boymurodov Sodiqjon Roziqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga oid ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq ma’muriyatchiligida soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash va hisobotlarini taqdim etilishi uslubi elektron xizmat ko‘rsatish sifatini baholash ko‘rsatkichlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
yuridik shaxs hamda yakka tadbirkor uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xizmat ko‘rsatish sifatini baholashning Byush1 = 0 (YuShsb > YuShib holatda), Byush1 = 1 (YuShsb ≤ YuShib holatda), Byatt2 = 1 (MSyatt < 0,25 holatda), Byatt2 = 0 (MSyatt ≥ 0,25 holatda) shkalasidan foydalanish taklif etilgan;
soliq xizmati organlari tomonidan soliq nazorat-tekshiruvlari o‘tkazishda hisob-tahlil asosida soliq huquqbuzarliklarini aniqlash va nazorat-tekshiruv tadbirlarining elektron ish yurituvini joriy etish samaradorligi asoslangan;
soliq xizmati organi faoliyatida soliq xavf-xatari, muntazam va nomuntazam tavakkalchiliklarini belgilovchi omillarni aniqlash hamda baholash shkalasini ishlab chiqish asosida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
soliq ma’muriyatchiligida soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash va hisobotlarini taqdim etilishi uslubi elektron xizmat ko‘rsatish sifatini baholash ko‘rsatkichlarini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-sonli “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida tasdiqlangan “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish Strategiyasi”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 19-yanvardagi 18/1-06091-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq organlari xodimlari tomonidan samarali mehnat faoliyatiga bo‘lgan rag‘batni kuchaytirish orqali soliq xizmati ko‘rsatish sifati darajasini oshirish imkoni yaratilgan;
yuridik shaxs hamda yakka tadbirkor uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xizmat ko‘rsatish sifatini baholashning Byush1 = 0 (YuShsb > YuShib holatda), Byush1 = 1 (YuShsb ≤ YuShib holatda), Byatt2 = 1 (MSyatt < 0,25 holatda), Byatt2 = 0 (MSyatt ≥ 0,25 holatda) shkalasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat soliq qo‘mitasining Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi va ushbu strategiyani amalga oshirish chora-tadbirlari”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 19 yanvardagi 18/1-06091-son ma'lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuridik shaxs hamda yakka tadbirkor uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xizmat ko‘rsatish sifatini baholash imkoni yaratilgan;
soliq xizmati organlari tomonidan soliq nazorat-tekshiruvlari o‘tkazishda hisob-tahlil asosida soliq huquqbuzarliklarini aniqlash va nazorat-tekshiruv tadbirlarining elektron ish yurituvini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6098-sonli “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 19-yanvardagi 18/1-06091-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq xizmati organlari tomonidan olib borilayotgan nazorat-tekshiruv tadbirlarining soni kamayib, tekshiruv tadbirlari sifati yanada yaxshilashga erishilgan;
soliq xizmati organi faoliyatida soliq xavf-xatari, muntazam va nomuntazam tavakkalchiliklarini belgilovchi omillarni aniqlash hamda baholash shkalasini ishlab chiqish asosida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 19-yanvardagi 18/1-06091-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son Qarori bilan tasdiqlangan “Soliq xafini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMda o‘z aksini topgan hamda soliq to‘lovchilar soliq to‘lamaslik xavfini belgilash asosida soliq xatarlarini bartaraf etishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish