Boboeva Nodira To‘xtamishovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarini parvarishlashda agrotexnik tadbirlarning o‘simlikxo‘r qandalalar zarariga ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. PhD/Qx.796.
Ilmiy rahbar: Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Renat Saidovich qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Yusupova Maxfuza Numanova, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining taqir o‘tloqi tuproqlari sharoitida g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil etishtirish hamda parvarishlashda o‘simlikxo‘r qandalalarga bardoshliligini oshirish agrotexnikasi elementlari (ko‘chat qalinligi, chilpish usullari)ni ishlab chiqish va fermer xo‘jaliklariga tavsiya berishda iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyatining taqir o‘tloqi tuproqlari sharoitida o‘rta va ingichka tolali g‘o‘zadan mo‘l va sifatli hosil etishtirish hamda o‘simlikxo‘r qandalalarga bardoshliligini oshirishda maqbul ko‘chat qalinligi (o‘rta tolali “Buxoro-102” navi - 90-100 ming tup/ga va ingichka tolali “Surxon-103” navi -  120-130 ming tup/ga) hamda chilpish usuli (Entojean yordamida kimyoviy chilpish) ishlab chiqilgan:
o‘rta tolali “Buxoro-102” navi 90-100 ming tup/ga va ingichka tolali “Surxon-103” g‘o‘za navi 120-130 ming tup/ga ko‘chat qalinligida parvarishlanganda hosil to‘plash davrida o‘rta tolali “Buxoro-102” navida – 25182,2 m2/ga barg sathi maydoni va 111,0 g quruq massa hamda ingichka tolali “Surxon-103” g‘o‘za navida 26999,7 m2/ga yuqori barg sathi maydoni va 88,3 g quruq massa to‘planganligi aniqlangan;
o‘rta tolali g‘o‘za navini gektariga 90-100 ming tup, ingichka tolali g‘o‘za navini 120-130 ming tup ko‘chat qalinligida Entojean preparati bilan kimyoviy chilpish qo‘llanilganda eng yuqori paxta hosili “Buxoro-102” navida 38,3 s/ga; “Surxon-103” navida 35,0 s/ga  ni tashkil etib, gektaridan mos ravishda 4,5; 3,8 s  qo‘shimcha hosil olinganligi aniqlangan;
o‘rta tolali g‘o‘za navi 90-100 ming tup/ga va ingichka tolali  g‘o‘za navi 120-130 ming tup/ga ko‘chat qalinligida Entojean preparati bilan kimyoviy chilpish o‘tkazilganda chilpish o‘tkazilmagan nazorat variantiga nisbatan o‘rta tolalida 7,5%; ingichka tolalida 4,9% ga qandala bilan zararlanish darajasi kam bo‘lganligi aniqlangan;
g‘o‘za maqbul ko‘chat qalinligi va chilpish usullarida parvarishlanganda paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlari hamda chigitning moydorlik darajasiga ijobiy ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyatining taqir o‘tloqi tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali “Buxoro-102” hamda ingichka tolali “Surxon-103” navlarini maqbul ko‘chat qalinligi va chilpish usulida ekib, qandalaga bardoshligini oshirish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va paxta klasterlari uchun “Surxondaryo viloyati shoroitida g’o’za parvarishida o’simlikxo’r qandalalarga qarshi agrotexnik tadbirlar bo’yicha tavsiyanoma“ tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 07/21-05/1473-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Surxondaryo viloyati fermer va klasterlar uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Surxondaryo viloyatining taqir o‘tloqi tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali “Buxoro-102” navi etishtirishda g‘o‘za qandalasiga qarshi agrotexnologiyani qo‘llash Muzrabod tumanidagi “Muzrabod polvonlari” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar,  “Javon Sher” fermer xo‘jaligining 3,2 gektar, “Guliston oltin tola” fermer xo‘jaligining 4,0 gektar, jami 10,2 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 07/21-05/1473-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chat qalinligi va chilpish usuli qo‘llanganda o‘rta tolali “Buxoro-102” g‘o‘za navidan 38,8 s/ga yuqori paxta hosili olingan hamda qandala bilan zararlanishi 7,5% ga kamaygan;
Surxondaryo viloyatining taqir o‘tloqi tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning ingichka tolali “Surxon-103” navini etishtirishda g‘o‘za qandalasiga qarshi agrotexnologiyani qo‘llash Muzrabod tumanidagi “Muzrabod polvonlari” fermer xo‘jaligining 2,0 gektar,  “Javon Sher” fermer xo‘jaligining 3,5 gektar, “Guliston oltin tola” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar, jami 8,5 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 07/21-05/1473-son ma’lumotnomasi). Natijada gektariga 120-130 ming tup ko‘chat qalinligi va Entojean bilan kimyoviy chilpish qo‘llanganda ingichka tolali “Surxon-103” navidan 3,8 s/ga qo‘shimcha hosil olingan hamda 90,1% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish