G‘anibaev Ilxomjon Shokiralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Avtomobil transporti korxonalarida xarajatlar hisobi va auditini takomillashtirish masalalari”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2022.
Ilmiy rahbar: Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdurauf, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘raev Abdurahim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil transporti korxonalarida xarajatlar hisobi va auditini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil transporti korxonalari hisob siyosati 8531-“Davlat dasturi doirasida tekinga olingan transport vositalari” ishchi schyotini kiritish asosida takomillashtirilgan;
avtomobil transporti korxonalarida asosiy vositalarni tahliliy (analitik) hisobini komponentlar bo‘yicha belgilash asosida amortizatsiya xarajatlarini xizmatlar tannarxiga bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblashni qo‘llash orqali o‘tkazish taklif etilgan;
transport xizmatlari tannarxini shakllantirishda bilvosita (umumishlab chiqarish) xarajatlarini javobgarlik markazlar bo‘yicha hisobga olish va ularni tannarxda eng yuqori ulushga ega xarajat turini jami xarajatdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlash asoslangan; 
avtomobil transporti korxonalarida xo‘jalik operatsiyalari (jarayonlar) natijasiga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni ta’sirini aniqlash maqsadida intervyu usulini qo‘llash orqali auditorlik dalillarini transparentligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobil transporti korxonalarida  xarajatlar hisobi va auditini  takomillashtirish bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar  asosida:
hisob siyosatiga 8531-“Davlat dasturi doirasida tekinga olingan transport vositalari” ishchi schyotini kiritish taklifi “Toshshahartransxizmat” AJning 2023-yil 5-yanvardagi 8-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati”ga kiritilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2023-yil 2-iyundagi 5-05-16/933-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tekinga olingan transport vositalarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va ularga amortizatsiya hisoblash bo‘yicha uslubiyoti takomillashtirilishi hisobiga xizmatlar tannarxini kamaytirishga erishilgan;
avtomobil transporti korxonalarida asosiy vositalarni tahliliy (analitik) hisobini komponentlar bo‘yicha belgilash asosida amortizatsiya xarajatlarini xizmatlar tannarxiga bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblashni qo‘llash orqali o‘tkazish taklifi “Toshshahartransxizmat” AJning 2023-yil 5 yanvardagi 8-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati”ga kiritilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2023-yil 2-iyundagi 5-05-16/933-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, komponentlar bo‘yicha amortizatsiya xarajatlarini xizmatlar tannarxiga bir me’yorda kiritishga erishilgan, xizmatlar tannarxini muvofiqlik tamoyili asosida yuritish ta’minlangan;
transport xizmatlari tannarxini shakllantirishda bilvosita (umumishlab chiqarish) xarajatlarini javobgarlik markazlar bo‘yicha hisobga olish va ularni tannarxda eng yuqori ulushga ega xarajat turini jami xarajatdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlash bo‘yicha taklifi “Toshshahartransxizmat” AJning 2023 yil 5-yanvardagi 8-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati”ga kiritilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning  2023-yil  2-iyundagi  5-05-16/933-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini obektiv shakllantirishga va moliyaviy natijalarning shaffofligini ta’minlashga erishilgan;
avtomobil transporti korxonalarida xo‘jalik operatsiyalari (jarayonlar) natijasiga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni ta’sirini aniqlash maqsadida intervyu usulini qo‘llash orqali auditorlik dalillarini transparentligini oshirish tavsiyalari O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan amaliyotida uslubiy tavsiyanomalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2023-yil 30-noyabrdagi 81-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xarajatlar hisobiga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni kelib chiqish sabablarini o‘rganish, tahlil qilish va ularni oldini olish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish