Musaeva Nigina Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Uzum sharbatidan konsentrat olish texnologiyasini bug‘latish jarayonini va apparatini optimallashtirish asosida takomillashtirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq - ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T1536.
Ilmiy rahbar: Artikov Askar Artikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc 03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Nasirova Shaira Narmuradovna, texnika fanlari doktori, professor; Xudayberdieva Nazora Sharafovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: uzum sharbatidan konsentrat olish texnologiyasini bug‘latish jarayonini va apparatini optimallashtirish asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizim tahlil asosida ko‘p bosqichli purkovchi bug‘latish apparati va ko‘p korpusli bug‘latish stansiyasida sodir bo‘ladigan bug‘latish jarayonining ko‘p bosqichli ierarxik tuzilishi ishlab chiqilgan;
ko‘p bosqichli purkovchi bug‘latish apparati va ko‘p korpusli bug‘latish stansiyasida sodir bo‘ladigan bug‘latish jarayonini hisoblash uchun to‘liq matematik va kompyuter modeli ishlab chiqilgan;
ko‘p korpusli purkovchi bug‘latish jarayoni davomida konsentratsiyaning o‘zgarishi, ikkilamchi bug‘ sarfi, suyuq faza va isitish devorining harorati aniqlangan; 
uzum sharbati eritmasini bug‘latish uchun purkovchi bug‘latish apparati va takomillashtirilgan ko‘p korpusli bug‘latish stansiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bug‘latish jarayonini va ko‘p korpusli bug‘latish stansiyasi konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan ko‘p bosqichli purkovchi bug‘latish apparati bilan takomillashtirilgan ko‘p korpusli bug‘latish stansiyasi «Gala River» QKda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati Assotsiatsiyasining 2023 yil 13 iyldagi 13-53/07-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sifatli, konsentratsiyasi 70% ga etkazilgan, eksportbop uzum konsentratini olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan ko‘p korpusli bug‘latish stansiyasida ko‘p bosqichli purkovchi bug‘latish usuli "Buxara Alians" qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati Assotsiatsiyasining 2023 yil 13 iyldagi 13-53/07-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, past haroratlarda jarayonni olib borish tufayli yuqori sifatli mahsulotlarni olish imkonini bergan. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish