Qayumov Bahodir Babaqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Metallurgiya sanoati uskunalarini ishchi qismlari uchun vol`framli qattiq qotishmalar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3291.
Ilmiy rahbar: Bozorov Aminjon Nurilloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Tolibov Bekzod Ibroximovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Qarshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metallurgiya sanoati uskunalarini ishchi qismlari uchun vol`framli qattiq qotishmalar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maydalagich barmoqlarini eyilishi abraziv jismlarning tarkibidagi namlik miqdori 6% va zarralarning o‘lchami 0,5-0,6 mm bo‘lganda urilish tezligi hamda abraziv eyilish intensivligi yuqori bo‘lib, zarraning shakliga bog‘liqligi asoslangan;
barmoqning abraziv bardoshligi 35-40 % ga, qattiqligi 2,5 va solishtirma og‘irligi 0,4 birlikka oshirilgan mexanik hususiyatlari yaxshilangan vol`fram karbidli hamda legirlovchi element bilan modifikatsiyalangan optimal tarkibga ega samarador qattiq qotishma ishlab chiqilgan;
abraziv eyilish muhitida ishlash davri yuqori bo‘lgan vol`fram karbidli qattiq qotishma asosida maydalovchi barmoqlarni ishlab chiqarishni samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
reniy bilan legirlangan vol`fram karbidli qattiq qotishmalarni presslash va qizdirib pishirishning optimal texnologik me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Metallurgiya sanoati uskunalarini ishchi qismlari uchun vol`framli qattiq qotishmalar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
VK-6 qattiq qotishmalarini eyilishbardoshliligini oshirish maqsadida uni reniy bilan ligerlash texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 9 noyabrdagi 23/01-01-07/569-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulot qattiqligini va chidamlilik ko‘rsatkichini 35-40 % gacha oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan vol`fram karbidli qattiq qotishmaning optimal tarkibi Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 9 noyabrdagi 23/01-01-07/569-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “CEMCO” maydalagichining barmoqlarini ishlash muddatini 1,35-1,40 martaga oshirish imkoninii bergan;
WC-ReC-Co sistema uchun vol`fram xom ashyosini qo‘shimcha tozalash texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 9-noyabridagi 23/01-01-07/569 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, barmoqning abraziv bardoshligi 35-40 % ga, qattiqligi 2,5 va solishtirma og‘irligini 0,4 birlikka oshirish imkonini bergan.