Xodjaeva Nazira Axmedovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harakat etishmovchiligining og‘irligiga va yurak-qon tomir tizimining dastlabki holatiga qarab, ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarni erta reabilitatsiya qilishda neyrovegetativ ko‘rsatkichlarning dinamikasi” 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib696.
Ilmiy maslahatchi: Gafurov Baxtiyor Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti .
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc 04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Malika Muxammedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Turuspekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti (Belorussiya).
Dissertasiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishemik insul`tning o‘tkir bosqichida erta reabilitatsiyaning yurak patologiyasi bilan birga keladigan bemorlarda neyromotor ko‘rsatkichlar dinamikasiga ta’sirini o‘rganish, shuningdek bashoratini yaxshilash va insultni reabilitatsiya qilishning mavjud modellari samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak patologiyasi bilan birga kelgan ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarda erta reabilitatsiya jarayonida vegetativ ko‘rsatkichlarning dinamikasi (shu jumladan, kardioritmografiya va yurak ritmining o‘zgaruvchanligi) aniqlangan;
ishemik insul`t va yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni erta passiv vertikalizatsiya jarayonida vegetativ qon aylanish ko‘rsatkichi va gemodinamik ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘liqlik asoslagan;
erta vertikalizatsiyadan foydalanish yurak ritmi o‘zgaruvchanligining vaqtinchalik va spektral ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi, vegetativ nerv tizimi parasimpatik bo‘limi faolligining oshishi, shuningdek, yurak-qon tomir ko‘rsatkichlarini normallashtirish bilan yaxshilashga yordam berishi isbotlanib, bu insul`t va uning ikkilamchi profilaktikasi oldini olish usuli sifatida jismoniy reabilitatsiyani qo‘llash imkoniyat bergani aniqlangan;
vegetativ qo‘llab-quvvatlash va xarakat etishmovchiligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, bu yurak ritmi o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichlarini ushbu toifadagi bemorlarda reabilitatsiya jarayoni samaradorligini bashorat qiluvchi mezonlar sifatida asoslangan;
yurak patologiyasi fonida ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda erta vertikalizatsiya bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 22 dekabrdagi №23-Z/101 - son xulosasiga ko‘ra: (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 30 mart 2023 yil 04/1921-son xat yuborilgan):
 birinchi ilmiy yangilik: yurak patologiyasi bilan birga kelgan ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarda erta reabilitatsiya jarayonida vegetativ ko‘rsatkichlarning dinamikasi (shu jumladan, kardioritmografiya va yurak ritmining o‘zgaruvchanligi) baxolangan va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (23.03.2023 y. №93/2), Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (30.03.2023 y. №58/1), Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.04.2023 y. №74/1) va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.04.2023 y. №64/3) bilan amaliyotga joriy etilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 09.06.2023 yildagi 23-x/028-son xulosasi).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarga asoslanib ,kardiointervalografiya usulida yurak ritmi variabilligini aniqlash orqali organizmning vegetativ regulyatsiyasi faoliyati siljishlarini o‘z vaqtida baholash bemorning hayot sifatini yaxshiladi ,ularning erta faollashtirishini ta’minlab , kasallikning qaytalanish xavfini kamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolash va erta reabilitatsiya chora-tadbirlarini to‘g‘ri tashkil qilish bemorlarni nisbatan tez muddatlarda oyoqqa turishiga, davolanish kunlari qisqarishiga, mehnat faoliyatiga qaytishiga sabab bo‘lib, oila a’zolarini bemorni muntazam parvarish qilish majburiyatidan xalos etadi.  O‘rtacha davolanish kunini aterotrombotik insul`tda 1,3 kunga, kardioembolik insul`tda 1,2 kunga va lakunar insul`tda 1,7 kunga qisqarishiga olib keladi. 2021 yil so‘ng choragi va 2022 yil boshida https://technomed.uz/ dasturi hisoblash natijalari ishemik insul`t va yurak patologiyasi bilan birga kelgan bemorlarda da bir kunlik davolanish byudjet hisobidan 150421.80 so‘mni tashkil qilib, ushbu mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Yurak patologiyasi bilan birga kelgan ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarda bir kunlik davolanish statsionar harajatlari dori darmonlardan tashqari 150421.80 so‘mni tashkil etgan va har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini sutkasiga 103421.80 iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ishemik insul`t va yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni erta passiv vertikalizatsiya jarayonida vegetativ qon aylanish ko‘rsatkichi va gemodinamik ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘liqlik asoslagan. Ishlab chiqilgan ishemik insul`t va yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning gemodinamik ko‘rsatkichlariga mos ravishda erta passiv vertikalizatsiya o‘tkazish vegetativ  ko‘rsatgichlari o‘zgarishi muvofiqligi bilan izohlangan va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (23.03.2023 y. №93/2), Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (30.03.2023 y. №58/1), Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.04.2023 y. №74/1) va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.04.2023 y. №64/3) bilan amaliyotga joriy etilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 09.06.2023 yildagi 23-x/028-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlar harakat faoliyati, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va mehnat qobilyati tiklanishida ushbu amaliyotning ahamiyati sezilarli darajada kuzatilgan. Bemorlar hayot sifatini yaxshilanishi va nogironlik ko‘rsatkichlarining kamayishi natijasida yotoq kunlari davomiyligini  qisqartirish , nogironlik kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: asosiy va nazorat guruhlarida ularning samaradorligi nisbatini tahlil qilish yo‘li bilan hisoblab chiqilganda, 2021 yil so‘ng choragi va 2022 yil boshida https://technomed.uz/dasturi hisoblash natijalari ishemik insul`tda bir kunlik  davolanish 150421.80 so‘m, dori darmonlar uchun 301983.51 so‘m va jami 452305,31so‘mni tashkil etgan. Xulosa: Ishemik insul`t va yurak ishemik kasalligi bilan davolangan bemorlarda tadqiqot davomidagi o‘rtacha davolanish kunlari bilan taqqoslanganda, o‘rtacha davolanish kunlari kamayishi 1 nafar bemor uchun davolanish kunlari va dori darmonlar hisobiga byudjet mablag‘larini sutkasiga 316724.12 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: erta vertikalizatsiyadan foydalanish yurak ritmi o‘zgaruvchanligining vaqtinchalik va spektral ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi, vegetativ nerv tizimi parasimpatik bo‘limi faolligining oshishi, shuningdek, yurak-qon tomir ko‘rsatkichlarini normallashtirish bilan yaxshilashga yordam berishi isbotlanib, bu insul`t va uning ikkilamchi profilaktikasi oldini olish usuli sifatida jismoniy reabilitatsiyani qo‘llash imkoniyat bergani aniqlangan. Ishemik insul`t va yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlar holatini neyrovizual va neyrofiziologik tekshiruvlar yordamida baholab, bemorlarda erta reabiltatsiya boshlash va davomiyligini prognozlash imkonini beradi. Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (23.03.2023 y. №93/2), Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (30.03.2023 y. №58/1), Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.04.2023 y. №74/1) va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.04.2023 y. №64/3) bilan amaliyotga joriy etilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 09.06.2023 yildagi 23-x/028-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarning ishga va jamiyatdagi hayotga qaytishi ,tibbiy xizmat ehtiyojiga qoniqishiga erishildi. Bemorning hayot davomiyligining oshishi ,o‘lim ko‘rsatkichi va nogironlikning kamayishi ta’minlandi, bemorlarning yashash istiqboli yaxshilandi, yotoq kunlari davomiyligini qisqartirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rtacha davolanish aterotrombotik insul`tda 1,3 kun, kardioembolik insul`tda 1,2 kun va lakunar insul`tda 1,7 kunga  qisqargan. 2021 yil so‘ng choragi va 2022 yil boshida https://technomed.uz/dasturi hisoblash natijalari ishemik insul`tda  bir kunlik  davolanish 150421,80 so‘m, dori darmonlar uchun  301983,51 so‘m va jami 452305,31so‘mni tashkil etib, bemorlarga davolash standarti asosida ishemik insul`t kuzatilaganda bir kunlik o‘rtacha davolanish 35836,35 + 356405,31=392241,66 so‘mni tashkil qilgan va bu o‘rtacha davo kursida 10,6-9,2 har kuniga 549138,324 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Ishemik insul`tni erta reabilitatsiya qilish orqali 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan o‘rtacha davo kursida 10,6-9,2 kunda 549138,324 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan birga bemorlarda nogironlik kamayib, hayot sifati  darajasi oshgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik : vegetativ qo‘llab-quvvatlash va xarakat etishmovchiligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, bu yurak ritmi o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichlarini ushbu toifadagi bemorlarda reabilitatsiya jarayoni samaradorligini bashorat qiluvchi mezonlar sifatida asoslangan. Yurak patologiyasi bilan birga kelgan ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarda klinik-nevrologik, neyrofiziologik va neyrovizual tekshiruv ko‘rsatkichlarini tezkorlik bilan dinamik ravishda nazorat qilish, o‘z vaqtida tashxislash, asoratlarni oldini olish va erta reabilitatsiya qilish, korreksiyalovchi terapiya o‘tkazish, davolash samaradorligini oshirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (23.03.2023 y. №93/2), Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (30.03.2023 y. №58/1), Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.04.2023 y. №74/1) va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.04.2023 y. №64/3) bilan amaliyotga joriy etilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 09.06.2023 yildagi 23-x/028-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlar harakat faoliyati, o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatish va mehnat qobilyati tiklanishida ushbu amaliyotning ahamiyati sezilarli darajada kuzatilgan. Bemorlar hayot sifatini yaxshilanishi va nogironlik ko‘rsatkichlarining kamayishi natijasida nogironlik kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2020-2022-yillarda yurak patologiyasi bilan birga kelgan ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarda statsionar o‘rtacha davolanish kunlari va tadqiqot davomidagi o‘rtacha davolanish kunlari bilan taqqoslanganda tatbiq etilayotgan davolash usulining yillik iqtisodiy samaradorligi 648 257 291 so‘m bo‘lib, undan xarajatlar 9 800 000 so‘m ajratilganda 638 457 291 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: : Ishemik insul`tni erta reabilitatsiya qilishda jarayonni hisobga olgan holda davo va reabilitatsiya usullarini tanlash orqali stasionar xarajatlardan bir yilda byudjet hisobidan 638 457 291 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: yurak patologiyasi fonida ishemik insult bilan og‘rigan bemorlarda erta vertikalizatsiya bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Yurak patologiyasi bilan birga kelgan ishemik insult o‘tkazgan bemorlarni erta reabilitatsiya qilish, asoratlarni oldini olish, korreksiyalovchi terapiya o‘tkazish, davolash samaradorligini oshirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (23.03.2023 y. №93/2), Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (30.03.2023 y. №58/1), Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.04.2023 y. №74/1) va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.04.2023 y. №64/3) bilan amaliyotga joriy etilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 09.06.2023 yildagi 23-x/028-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar yurak qon tomir kasalliklari fonida yuzaga kelgan ishemik insul`ti bor bemorlardagi vegetativ buzilishlarini qiyosiy tashxislash va davolash bemorlarning davolanish kunlarini qisqartirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak patologiyasi fonida ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda erta vertikalizatsiya buyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib ,ularda kasallikning rivojlanish extimoli yuqori bo‘lgan xyotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish, hamda erta rabilitatsiya tadbirini tadbiq qilish xisobiga bemorning shifoxonada qolish muddati urtacha 1,3 kunga qiskarib, bir nafar bemor xisobiga byudjet  mablag‘larini 323218,34 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larini 90000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: Yurak patologiyasi fonida ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda erta vertikalizatsiya buyicha ishlab chiqilgan tavsiya usullaridan foydalanish 323218,34 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larini 90000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish