Sobirov Furkat Nigmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 o‘tkazgan homilador ayollarda homilaning tug‘ma immunitetini adaptatsion mexanizmlari”, 14.00.01 – Akusherlik  va  ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3265.
Ilmiy rahbar: Jabborov Ulug‘bek Uzoqovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Perinatal markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nilufar Nabijonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zufarova Shaxnoza Alimdjonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori fetal texnologiyalaridan foydalangan holda, kasallikning klinik kechishiga qarab, COVID-19 ni boshidan kechirgan homilador ayollarda homila tug‘ma immunitet ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda  ilk marotaba,  kasallik kechish og‘irligiga ko‘ra homilaning tug‘ma gumoral immuniteti ko‘rsatkichlari aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan ayollarda  homiladorlikning turli davrlarida  homilaning asosiy immunoglobulinlar ko‘rsatkichlari aniqlangan;
koronavirus infeksiyasining og‘ir darajasini o‘tkazgan homilador ayollardagi homilaning sitokinlar xaritasi asoslangan;
COVID-19 og‘ir kechishida homiladorlikning II  va III trimestrda homilada  IL -18, IL- 1 β, IL-11, IL -4 va 6 miqdorining keskin oshishish, ularning nazorat guruhidan 9 baravar yuqoriligi, homilada aytoimmun jarayonlar oqibatida to‘qimalar shikastlanishi va muddatidan oldin tug‘ruqlar kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda perinatal natijalarni yaxshilashga qaratilgan tadqiqot natijalari amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, shu jumladan respublika perinatal markazi, Toshkent shahar va Buxoro viloyat perinatal markazining homilador ayollar patologiyasi bo‘limi amaliyotida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 10.01.2023 yildagi 8 n-d/27-sonli ma’lumotnomasi).
birinchi ilmiy yangilik. COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda  ilk marotaba,  kasallik kechish og‘irligiga ko‘ra homilaning tug‘ma gumoral immuniteti ko‘rsatkichlari aniqlangan va Respublika Perinatal markazi buyrug‘i bilan (01.02.2023 y № 22 i-i/1) Toshkent shahar va Buxoro viloyat perinatal markazida amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning tug‘ma gumoral immuniteti ko‘rsatkichlari perinatal asoratlarning prognozi va oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat: ambulatoriya sharoitida COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning tug‘ma immuniteti ko‘rsatkichlarini o‘rganish va kasalxonaga yotqizish uchun pulni tejash xarajatlari: 1 kunlik kasalxonada yotish uchun to‘lov miqdori 223 500 so‘m; (1 bemor uchun umumiy iqtisodiy samaradorlik 447 000 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning tug‘ma gumoral immuniteti ko‘rsatkichlarini aniqlash laborator tekshiruvlar o‘tkazilganda har bir bemor uchun tejalgan byudjet mablag‘i 447 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar 269 000 so‘mni tashkil etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik. COVID-19 o‘tkazgan ayollarda  homiladorlikning turli davrlarida  homilaning asosiy immunoglobulinlar ko‘rsatkichlari aniqlangan. Respublika Perinatal markazi buyrug‘i bilan (01.02.2023 y № 22 i-i/1) Toshkent shahar va Buxoro viloyat perinatal markazida amaliyotga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning tug‘ma hujayraviy immuniteti ko‘rsatkichlari perinatal asoratlarning prognozi va oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat: ambulatoriya sharoitida COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning tug‘ma immuniteti ko‘rsatkichlarini o‘rganish va kasalxonaga yotqizish uchun pulni tejash xarajatlari: 1 kunlik kasalxonada yotish uchun to‘lov miqdori 223 500 so‘m; (1 bemor uchun umumiy iqtisodiy samaradorlik 447 000 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning tug‘ma hujayraviy immuniteti ko‘rsatkichlarini aniqlash laborator tekshiruvlar o‘tkazilganda har bir bemor uchun tejalgan byudjet mablag‘i 447 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar 269 000 so‘mni tashkil etdi.
uchinchi ilmiy yangilik. koronavirus infeksiyasining og‘ir darajasini o‘tkazgan homilador ayollardagi homilaning sitokinlar xaritasi asoslangan. Respublika perinatal markazi buyrug‘i bilan (22-son i-i/1-son 01.02.2023) Toshkent shahri va Buxoro viloyat perinatal markazida klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati quyidagilardan iborat: onada COVID-19 og‘ir darajasi bo‘lgan holatda homila qonida IgG va IgM ko‘rsatkichlari perinatal asoratlar va o‘limning prognozi va oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat: ambulatoriya sharoitida COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning tug‘ma immuniteti ko‘rsatkichlarini o‘rganish va kasalxonaga yotqizish uchun pulni tejash xarajatlari: 1 kunlik kasalxonada yotish uchun to‘lov miqdori 223 500 so‘m; (1 bemor uchun umumiy iqtisodiy samaradorlik 447 000 so‘mni tashkil etdi) bundan tashqari zamonaviy profilaktik terapiya usuli byudjetdan tashqari 237 800 mablag‘ni tejaydi. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning tug‘ma immuniteti ko‘rsatkichlarini aniqlash laborator tekshiruvlar o‘tkazilganda har bir bemor uchun tejalgan byudjet mablag‘i 447 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar 237 800 so‘mni tashkil etdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. COVID-19 og‘ir kechishida homiladorlikning II  va III trimestrda homilada  IL -18, IL- 1 β, IL-11, IL -4 va 6 miqdorining keskin oshishish, ularning nazorat guruhidan 9 baravar yuqoriligi, homilada aytoimmun jarayonlar oqibatida to‘qimalar shikastlanishi va muddatidan oldin tug‘ruqlar kuzatilishi isbotlangan. Respublika Perinatal markazi buyrug‘i bilan (№ 22 i-i/1 ot 01.02.2023 y.)  Toshkent shahri va Buxoro viloyat perinatal markazida klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati quyidagilardan iborat: II trimestrda COVID-19 og‘ir kechishida homilada sezilarli darajada IL-18 9 barobarga va IL-1 β 11 barobarga oshdi va homilada IL-4 va IL-6 ning tarkibi nazorat guruhining ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 4 va 2,65 baravar oshishi aniqlandi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqla immun statusi buzilishlarini kompleks medikamentoz davolashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat: ambulatoriya sharoitida COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning tug‘ma immuniteti ko‘rsatkichlarini o‘rganish va kasalxonaga yotqizish uchun pulni tejash xarajatlari: 1 kunlik kasalxonada yotish uchun to‘lov miqdori 223 500 so‘m; (1 bemor uchun umumiy iqtisodiy samaradorlik 447 000 so‘mni tashkil etdi) bundan tashqari zamonaviy profilaktik terapiya usuli byudjetdan tashqari 237 800 mablag‘ni tejaydi. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning tug‘ma immuniteti ko‘rsatkichlarini aniqlash laborator tekshiruvlar o‘tkazilganda har bir bemor uchun tejalgan byudjet mablag‘i 447 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar 237 800 so‘mni tashkil etdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: " COVID-19 ni o‘tkazgan xomiladorlarda xomila tug‘ma immunitetining adaptatsion mexanizmlari" mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni Saqlash Vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 7 yanvar 04/8475 - son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish