Ruzieva Nigina Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovershenstvovanie organizatsionno-ekonomicheskogo mexanizma innovatsionnogo razvitiya sferi uslug», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt916
Ilmiy rahbar: Abdukarimov Baratali Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Urazov Komil Baxromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich iqtisodiyot fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga tolik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xizmatlar sohasida innovatsion rivojlanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy ovqatlanish tashkilotlari xaridi samaradorligini to‘lovlar va mahsulotlarni etkazib berish harakatlarini o‘zaromanfaatlarga ko‘ra boshqarish, takroriy buyurtmalarni amalga oshirishni soddalashtirish, yangi kelishuv (shartnoma)lar uchun mahsulot etkazib beruvchilardan komission yig'uvlarni (sbor) undirishga ko‘ra "orzon B2B" biznes modeli ishlab chiqilgan;
savdo tashkilotlarini klasterlash algoritmi Klaster tizimida belgilangan formatlar bilan bir qatorda savdo sub'ektlari hamkorligini ulgurji va chakana savdo hajmini oshirish asosida chuqarlashtirish hamda innovasion yo‘nalishda B2B, B2C, B2G va HoReCa tizimlari uyg'unligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanishiga innovasion omillarning ta’siriga ko‘ra 2030 yilga qadar mahsulotlar ishlab chiqarishning prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
xizmat ko‘rsatish sohasining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra innovasion faoliyat samaradorligini oshirishning marketing yondashuvi ishlab chiqarish uchun zarur mahsulotlar xarid-logistikasi tizimiga ustuvorlik berishga asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmatlar sohasida innovatsion rivojlanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy ovqatlanish tashkilotlari xaridi samaradorligini to‘lovlar va mahsulotlarni etkazib berish harakatlarini o‘zaromanfaatlarga ko‘ra boshqarish, takroriy buyurtmalarni amalga oshirishni soddalashtirish, yangi kelishuv (shartnoma)lar uchun mahsulot etkazib beruvchilardan komission yig'imlarni undirishga ko‘ra "Orzon B2B" biznes modeli savdo-sanoat palatasi tavsiyasiga ko‘ra umumiy ovqatlanish sub'ektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 28 avgustdagi №11/03-15-568-sonli ma’lumotnomasi). Taklif buyurtmalarni innovasion tizimga ko‘ra soddalashtirishga holda rasmiylashtirish, to‘lov muddati va mahsulotlarni shartnomaga ko‘ra etkazib berishni ta’minlash, kichik ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini alohida e'tiborga olish va mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.
savdo tashkilotlarini klasterlash algoritmi Klaster tizimida belgilan-gan formatlar bilan bir qatorda savdo sub'ektlari hamkorligini ulgurji va chakana savdo hajmini oshirish asosida chuqarlashtirish hamda innovasion yo‘nalishda tizimlar uyg'unligiga ko‘ra takomillashtirilgan taklif savdo-sanoat palatasi tavsiyasiga ko‘ra savdo tadbirkorlik sub'ektlari, jumladan "Massa Impex" MChJ gipermarket faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 28 avgustdagi №11/03-15-568-sonli ma’lumotnomasi). Savdo tashkilotlarini klasterlashning takomil-lashtirilgan algoritmi mintaqa chakana savdo sektori hajmini oshishiga va xizmat ko‘rsatishda innovasion faollikni oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanishiga innovasion omillarning ta’siriga ko‘raa 2030 yilga qadar mahsulotlar ishlab chiqarishning prognoz ko‘rsatkichlari savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 28 avgustdagi №11/03-15-568-sonli ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalashi sohada mavjud resurslardan maqsadli foydalanish, xizmat ko‘rsatish tarkibini kengayti-rish, sohani barqaror rivojlantirishda omillarini e’tiborga olish aniqlik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra innovasion faoliyat samaradorligini oshirishning marketing yondashuvi ishlab chiqarish uchun zarur mahsulotlar xarid-logistikasi tizimiga ustuvorlik berishga asosida takomillashtirish taklifisavdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 28 avgustdagi №11/03-15-568-sonli ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarga ko‘ra hosil bo‘lgan tizim elementlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ta’minlashga imkon bergan;