Maxmudova Ziyoda Taxirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasihaqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epilepsiyani kompleks davolashda neyroproteksiyaning ahamiyati», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib601.

Ilmiy rahbar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muratov Faxmitdin Xayritdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: epilepsiyali bemorlarda neyroprotektor va antioksidant dori vositalar yordamida kompleks davo choralarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

antioksidant ximoyaning yuqori darajada buzulishi barbiturat  qabul qilgan, anamnezida besh yildan ortiq kasal bo‘lgan, simptomatik epilepsiya va tutqanoq xurujlari generallashgan bemorlarda  kuzatilishi isbotlangan;

epilepsiyali bemorlarda elektroensefalogrammadagi paroksizmal aktivlik indeksi baland bo‘lgan holatlarda qondagi LPO mahsulotlari yuqori darajada, hamda al`fa indeksi  ustunlik qilganda AOX mahsuloti miqdori mos ravshda ko‘tarilishi aniqlangan;

epilepsiyali bemorlarda kognitiv funksiyaning etishmovchiligiga olib keluvchi omillardan bo‘lgan tutqanoqqa qarshi dori vositasi, tutqanoq turi bilan bir qatorda, LPO/AOX mahsulotlarining yuqori darajada ta’siri isbotlangan;

tajribada  shakllantirilgan o‘tkir gipoksiya fonida bosh miyaning ishemiyaga sezgir sohalarida destruksiyaga uchragan sinapslar soni oshishi va nerv hujayralarida LPO mahsulot miqdori ko‘tarilish holatining sinapslar membranasini va antioksidant sistemani tiklash yordamida bartaraf etish asosida neyroprotektor terapiya takomillashtirilgan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kognitiv buzilishiga olib keladigan ta’sir omillari, neyropeptid va antioksidant dori vositalar yordamida ushbu holatni tuzatish natijalari asosida:

«Epilepsiyani kompleks davolashda Suksinasol dori vositasini qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 yanvardagi 8n-d/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma epilepsiya tashxisi qo‘yilgan bemorlarda antioksidant himoyaning buzilishi kognitiv etishmovchilik sabablaridan biri bo‘lishini asoslab bergan hamda kognitiv faoliyatni tiklash va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishga asos bo‘lgan;

Kognitiv buzilishlarga olib keladigan sabablar ya’ni tutqanoqqa qarshi dori vositalar, epilepsiya shakli, xurujlar, oksidativ stress va kognitiv tanqislikni neyroprotektor va antioksidant vositalar bilan bartaraf etish bo‘yicha dissertatsiya ishidan olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahridagi Ibn Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasiga va 54-son oilaviy poliklinika faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 martdagi 8n-d/34-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishi natijalarini joriy qilish erta tashxislash va prognozlash usullarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan, bu epilepsiyali bemorlarda kognitiv buzilishning oldini olish, davolash va bartaraf etish samaradorligini oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish