Otajonov Sherzod Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kvant fluktuatsiyalari ta’siri ostida Boze-Eynshteyn kondensatidagi materiya to‘lqinlari”, 01.04.02 – “Nazariy fizika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/FM571.
Ilmiy maslahatchi: Soy Eduard Nikolaevich, fizika matematika fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-Texnika Instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy Universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM.01.09.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Muhayyo Yunusovna, fizika-matematika fanlari doktori, pdofessor; Yavidov Baxrom, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kvant fluktuatsiyalarlari ta'sirini hisobga oluvchi ko‘p-o‘lchamli ikki-komponentali Bose-Einstein kondensatlarida materiya to‘lqinlarining xususiyatlarini o‘rganish va ushbu sistemalarda mujassamlashgan holatlarni tushuntirish uchun nazariy metodlar ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
Kvant fluktuatsiyalarlarini hisobga oladigan bir va ko‘p o‘lchamli Bose-Einstein kondensatlarida kvant tomchilarini va ikki-o‘lchamli holatda uyurmalarni xarakterlash uchun super-Gaussian funksiyasi yordamida variatsion metod ishab chiqildi.
Barcha o‘lchamlarda kvant tomchilarining energiyasi, effektiv potensiali, kichik tebranishlar chastotalari va kimyoviy potensiallarining analitik tenglamalari hisoblandi va kvant tomchilarining turg‘unligi Vakhitov-Kolokolov kriteriyasi orqali tekshirildi.
Ikki- va uch-o‘lchamli Bose-Einstein kondensatida o‘zaro ta’sir konstantalari davriy o‘zgaruvchi bo‘lgan holatlarda kvant tomchilarining resonans tebranishlari va tashqi modulyasiya amplitudasiga bog‘liq ravishda dinamikasining turli regimlari aniqlandi.
Kvant fluktuatsiyalarlari ta’sirini hisobga oladigan ikki-o‘lchamli ikki komponentali Bose-Einstein kondensatida g‘alayonlangan yassi to‘lqinlarning eksponensial o‘sish shartlari va parametrlar fazosida stabil va nostabil sohalari topildi. Modulyasion noturg‘unlikning nochiziqli bosqichida kvant tomchilari hosil bo‘lishi, ularning kamayishi qonuni va kamayish tezliklari aniqlandi. Bu qonuniyatlarni hisoblashda rasmlarga ishlov berish texnikasining Bose-Einstein kondensati dinamikasiga qo‘llash mumkinligi ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishida olingan natijalarga scopus.com saytlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra umumiy 58 ta (2023-yil noyabr) havola mavjud.
Jumladan dissertatsiya ishining birinchi bobi bo‘yicha chop qilingan maqolaga 27 ta havola mavjud, quyida bir nechtasi keltirilgan:
Physical Review Letters, 126, 244101, 2021, IF: 9.185; Chaos, Solitons & Fractals, 152, 111313, 2021, IF: 9.922; Scientific Repors, 12, 6904, 2022, IF: 4.997; Physical Review A, 103, 053302, 2021, IF: 2.971;
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi bo‘yicha chop qilingan 2 ta maqolaga 9 va 18 ta jami 27 ta havola mavjud, quyida bir nechtasi keltirilgan:
Chaos, 33, 033141, 2023, IF: 3.741; Physics Letters A, 480, 128987, 2023, IF: 2.6; Physical Review A, 105, 063328, 2022, IF: 2.971;
Dissertatsiya ishining uchinchi bobi bo‘yicha chop qilingan maqolaga 4 ta havola mavjud, quyida bir nechtasi keltirilgan:
Chaos, Solitons & Fractals, 164, 112665, 2022, IF: 9.922; Physical Review A, 108, 033312, 2023, IF: 2.971; Physical Review A, 106, 033309, 2022 IF: 2.971.