Rustamova Shoxida Tulkunovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Oliy ta’lim muassasalarida mehnat haqi buxgalteriya hisobi va nazoratini takomillashtirish, 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Mexmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat oliy ta’lim muassasalarida mehnat haqi buxgalteriya hisobi va nazoratini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
byudjet mablag‘lari bo‘yicha 343401 (173/1) - “Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar”, 343402 (173/2) - “Davlat buyurtmasi asosidagi ilmiy tadqiqot loyihalar mablag‘lari bo‘yicha xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar”, 343403 (173/3) - “Ilmiy darajali xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash uchun byudjet mablag‘lari bo‘yicha xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar” ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan;
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 343404 (173/4) - “O‘qitishning to‘lov-shartnoma shakli mablag‘lari bo‘yicha xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar”, 343405 (173/5) -“Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob- kitoblar” ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan;
mehnatga ustama haq va rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash tizimini tashkil etish va ular bo‘yicha alohida 343404/1 (173/4/1) - “O‘qitishning to‘lov-shartnoma shakli mablag‘lari hisobidan mehnatga ustama haq va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar”, 343405/1 (173/5/1) – “Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnatga ustama haq va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar” ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha ichki auditini tashkil etishda nazorat obʼektlari, ichki audit rejasi, dasturi, hisobotining tarkibiy tuzilishi taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida mehnat haqi buxgalteriya hisobi va nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjet mablag‘lari bo‘yicha 343401 (173/1) - “Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar”, 343402 (173/2) - “Davlat buyurtmasi asosidagi ilmiy tadqiqot loyihalar mablag‘lari bo‘yicha xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar”, 343403 (173/3) - “Ilmiy darajali xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash uchun byudjet mablag‘lari bo‘yicha xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar” ishchi schyotlarini ochish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining hisob siyosatlarida o‘z aksini topgan va UzASBO dasturiy tizimiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 24 apreldagi 03/03-453-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni byudjet mablag‘larini turlari bo‘yicha tahliliy hisobni yuritish, shuningdek, moliyaviy hisobotlardagi mehnat xaqi to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarga tegishli axborotlarni ishonchliligi va shaffofligini oshirish imkoniyatini yaratgan;
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 343404 (173/4) - “O‘qitishning to‘lov-shartnoma shakli mablag‘lari bo‘yicha xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar”, 343405 (173/5) -“Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob- kitoblar” ishchi schyotlarini ochish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining hisob siyosatlarida o‘z aksini topgan va UzASBO dasturiy tizimiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 24 apreldagi 03/03-453-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni byudjetdan tashqari mablag‘lar turlari bo‘yicha tahliliy hisobni yuritish, shuningdek, moliyaviy hisobotlardagi mehnat xaqi to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarga tegishli axborotlarni ishonchliligi va shaffofligini oshirish imkoniyatini yaratgan;
mehnatga ustama haq va rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash tizimini tashkil etish va ular bo‘yicha alohida 343404/1 (173/4/1) - “O‘qitishning to‘lov-shartnoma shakli mablag‘lari hisobidan mehnatga ustama haq va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar”, 343405/1 (173/5/1) – “Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnatga ustama haq va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar” ishchi schyotini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari tasdiqlangan hisob siyosatlarida o‘z aksini topgan va UzASBO dasturiy tizimiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 24 apreldagi 03/03-453-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga rag‘batlantiruvchi to‘lovlar bo‘yicha tahliliy hisobni yuritish, shuningdek, moliyaviy hisobotlardagi mehnat xaqi to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarga tegishli axborotlarni ishonchliligi va shaffofligini oshirish imkoniyatini yaratgan;
oliy ta’lim muassasalarida xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha ichki auditini tashkil etishda nazorat obʼektlari, ichki audit rejasi, dasturi, hisobotining tarkibiy tuzilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 27 avgustdagi 293-son “Vazirlikning ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqida” buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ichki audit xizmati to‘g‘risida Nizomda” o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 24 apreldagi 03/03-453-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida xodimlar bilan mehnatga xaq to‘lash bo‘yicha ichki audit nazorat ob`ektlarini belgilash, ichki auditor vazifalari, masʼuliyatini aniqlashtirish hamda ichki audit samaradorligini ta’minlash imkonini bergan.