Qiyomov Sharifjon Nozimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epoksiuretan polimerlarini olish va ularni korroziyaga chidamli materiallar sifatida qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/T582.
Ilmiy maslahatchi: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Bahodir Fahriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Juraev Asror Baxtiyor o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent; Normurodov Baxtiyor Absullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uretan oligomerlari hamda epoksiuretan polimerlarini izosianatsiz usulda olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni korroziyaga qarshi materiallar sifatida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
izosianatsiz usulda o‘rtacha molekulyar massasi 3800 gacha bo‘lgan, uretan guruhlarini saqlagan yangi oligomerlar sintez qilingan va sintez jarayonining maqbul sharoitlari ishlab chiqilgan;
viskozimetrik va krioskopik tadqiqot natijalarini birlashtirish asosida sintez qilingan uretan oligomerlari molekulyar massalarini ularning qovushqoqlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘lovchi K va α konstantalar qiymatlari aniqlangan;
sintez qilingan uretan oligomerlarida reaksion faol chetki uretan guruhlarining mavjudligini hamda ularning epoksid guruhlari bilan to‘liq kimyoviy ta'sirlashish sharoitlarini aniqlash natijasida uretan oligomerlari va epoksid smolalari asosida 96 foizgacha kimyoviy choklanish darajasiga ega bo‘lgan uretan-epoksid ikki komponentli prepolimer tizimlar olish usullari va tarkiblari ishlab chiqilgan;
olingan uretan-epoksid ikki komponentli tizmlar asosidagi polimerlarning differensial termik tahlillari va termomexanik analiz natijalari asosida ularning termoreaktivligi isbotlangan;
uretan-epoksid termoreartiv polimerlar ustmolekulyar kimyoviy tuzilishi, termik va fizik-mexanik xususiyatlarining tarkibdagi uretan oligomerlari miqdoriga va turiga bog‘liq ekanligi asoslangan;
epoksiuretan termoreaktiv polimerlari asosida antikorrozion qoplamalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda ularning agressiv muhitlarga chidamlilik, adgezion, deformatsion-mustahkamlik, va tribotexnik xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Epoksiuretan polimerlarini korroziyaga chidamli materiallar sifatida ishlab chiqarish va ularni qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
olingan epoksiuretan prepolimerlari qoplama hosil qiluvchi modda sifatida “Bmax Building Materials” qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilngan (“Bmax Building Materials” MChJ QKning 2023 yil 02 avgustdagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada, epoksiuretan polimerlari asosida suv-emulsiyali lak- bo‘yoq materiallari ishlab chiqarish imkonini bergan;
olingan epoksiuretan polimerlari futerovka materiali sifatida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 08  avgustdagi 23/01-01-07/385-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrometallurgiya va geotexnologiya tarmoqlaridagi kislotali muhitda ishlaydigan nasoslarning ishlash muddatini uzaytirish imkonini bergan;
epoksiuretan smolalari asosidagi kompozision materiallar “Petromaruz Uzbekistan” xorijiy korxonasining neft konlarida amaliyotga joriy qilingan (“Petromaruz Uzbekistan” MChJ XK ning 2023-yil 31-iyuldagi LS/305-son ma’lumothomasi). Natijada, qazib olingan neftni saqlash rezervuarlarining ishlash muddatini uzaytirish imkonini bergan;
epoksiuretan polimerlari asosidagi korroziyaga qarshi kompozision qoplamalar “Petromaruz Uzbekistan” xorijiy korxonasining neft qazib olish konida neft quduqlarining nasos-kompressor quvurlarini korroziyadan himoya qilishda amaliyotga joriy qilingan (“Petromaruz Uzbekistan” MChJ XK ning 2023-yil 31-iyuldagi LS/305-sonli ma’lumothomasi). Natijada, neft qazib olish quvurlarining xizmat qilish muddatini uzaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish