Babajanov Mansurbek Bekdurdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tebranma harakat yo‘nalishining qumli gruntlar turg‘unligiga ta’siri», 05.09.02–“Geotexnika” (Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2140
Ilmiy rahbar: Rasulov Hayat Zairovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zR FA M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.08.2022.T.61.02.
Rasmiy opponentlar: Salyamova Klara Djabbarovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Sultanov Toxirjon Zokirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tebranma harakat yo‘nalishining suvga to‘yingan qumli gruntlar quyqalanishiga ta’sirini aniqlash va ushbu jarayonda gruntning turg‘unligini baholash usulini takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suvga to‘yingan qumli gruntlar turg‘unligiga tebranma harakat yo‘nalishining tasirini hisobga olgan holda zamin gruntlarining muvozanat tezlanishini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
seysmik ta’sirlarda suvga to‘yingan qumli gruntlarning quyqalanishi, cho‘kishi va ustuvorligini, tebranma harakat yo‘nalishini e’tiborga olgan holda, eksperimental aniqlash uskunasi ishlab chiqilgan;
tebranma harakat yo‘nalishining turli burchaklardagi ta’siri natijasida muvozanat va seysmik tezlanishlar orasidagi bog‘lanish, yangi ishlab chiqilgan maxsus tebranma uskunasi yordamida aniqlangan;
suvga to‘yingan qumli gruntlarning seysmik turg‘unligini aniqlash va ularning zichligini oshirish hisobiga quyqalanishining oldini olish bo‘yicha muhandislik usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tebranma harakat yo‘nalishining qumli gruntlar turg‘unligiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
seysmik ta’sirlarda qumli grunt muvozanat tezlanishi va dinamik turg‘unligini eksperimental aniqlash usuli Xorazm viloyati uchun bino va inshootlar zamin va poydevorlarini loyihalashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 iyundagi №08-06/5619-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm viloyati uchun loyihalanayotgan turar-joy binolarining zamin va poydevorlarini zilzilabardoshligini ta’minlash imkonini bergan.
suvga to‘yingan qumli gruntlar dinamik turg‘unligini ta’minlash va ularning quyqalanishiga qarshi muhandislik usullari Xorazm viloyati uchun loyihalangan turar joy binolarining zamini va poydevorining seysmik ustuvorligi ta’minlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 iyundagi №08-06/5619-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bino va inshootlar zamin va poydevorlarini zilzilabardoshliligini ta’minlab, binoning umumiy tannarxni 20 foizgacha kamaytirish imkonini bergan.