Dadaboev Farhodjon Maxmudjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tozalash samaradorligini oshirish maqsadida jun xomashyosini titish savash mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1647 (Byullitendagi raqam)
Ilmiy rahbar: Qayumov Jo‘ramirza Abdiramatovich, texnika fanlari doktori, DSc.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Sarimsakov Olimjon Sharifjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismoyilov Furqat Barotovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jun xomashyosini titish-savash mashinasining takomillashgan konstruksiyasini ishlab chiqish orqali resurstejamkor, tozalash samaradorligi oshirilgan titish-savash mashinasi konstruksiyasini yaratish, ishchi organlari parametrlari va ishlash rejimlarini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
junni titish-savash mashinasi tozalash samaradorligini oshirish uchun asosiy valga mahkamlangan to‘rtta pichoqdan iborat bo‘lgan qo‘shimcha chiqindi ajratuvchi moslama konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
junni titish-savash mashinasida qo‘zg‘almas pichoq va cho‘tkali baraban orasiga o‘rnatilgan, qo‘zg‘almas pichoqqa siqilib aylanuvchi hamda tolani ajratib oluvchi ishchi valik konstruksiyasi yaratilgan;
qoziqli barabanlar ostida joylashgan mavjud kolosnikli panjarani oralariga qirrali chiviqlar o‘rnatilgan samarali konstruksiyasi yaratilgan hamda ishchi organlar orasidagi masofaning optimal parametrlari ishlab chiqilgan;
tajribaviy tadqiqotlar asosida junni o‘simlik aralashmalaridan samarali tozalashni ta’minlaydigan mashinaning optimal parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konstruksiyasi takomillashtirilgan mashinaning ishlash rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: yangi takomillashtirilgan mashinani “O‘zcharmsanoat” uyushma tarkibidagi Namangan viloyati Kosonsoy tumani “MIRODIM HAMKOR TEKS” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etildi (“UZChARMSANOAT” uyushmasining 2023 yil 21 noyabrdagi FB-9/3546-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish sinovi natijalariga asosan jun tarkibida begona aralashmalarni 7,0-15,2 % gacha kamaytirish imkonini bergan. Tozalash samaradorligi, takomillashtirilgan junni titish-savash mashinasidan foydalanilganda bahorgi qirqimdagi junda 7,0 % dan 10,5 % ga kuzgi qirqimdagi junda esa 11,1 % dan 15, 2% ga yaxshilanishiga erishilgan;
“MIRODIM HAMKOR TEKS” MChJga tavsiya qilingan junni titish mashinasi o‘rnatilgan va ishlab chiqarishga qo‘llash natijasida yillik 213172,3 ming so‘m (ikki yuz o‘n uch million bir yuz etmish ikki ming uch yuz) so‘m yillik iqtisodiy samara olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish