Turgunboev Elbekjon Odiljonovichning
doktorlik dissertatsiya (DSc) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Jazodan ozod qilish institutini takomillashtirish masalalari, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Yu146.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Toxirov Farxod, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Xalikulov Umid Shadievich, yuridik fanlar doktori; Toshpo‘latov Akrom Ikromovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi jinoiy jazodan ozod qilish institutini chuqur o‘rganib, tahlil qilish asosida jinοyat qοnunchiligining tegishli normalarini takοmillashtirish va ushbu qoidalarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining samaradοrligini οshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan ibοratdir. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahkum og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, shaxsning ijtimoiy xavfliligi bartaraf etilmayotganligi sababli sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi lozimligi asοslangan;
mahkum o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi engilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, shaxsning ijtimoiy xavfliligi bartaraf etilmayotganligi sababli sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan uch qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi lozimligi asοslangan;
mahkum og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, shaxsning ijtimoiy xavfliligi bartaraf etilmayotganligi sababli sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin jazoni engilrog‘i bilan almashtirish mumkinligi to‘g‘risidagi qoidani mustahkamlash zarurati asοslangan;
mahkum o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni engilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin ham shaxsning ijtimoiy xavfliligi bartaraf etilmayotganligi sababli jazoni engilrog‘i bilan almashtirish mumkinligi to‘g‘risidagi qoidani mustahkamlash lοzimligi isbοtlangan;
JK 73-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar boshqa jinoyat sodir etganligi aniqlanib, keyingi hukm bo‘yicha jazolar JK 59-moddasi sakkizinchi qismi yoki JKning 60-moddasi tartibida qo‘shilganda, JK 73-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa shaxsning ijtimoiy xavfliligi bartaraf etilmayotganligi sababli jazoning o‘talmagan qismi engilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin emasligi asοslantirilgan;
JK 73-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar boshqa jinoyat sodir etganligi aniqlanib, keyingi hukm bo‘yicha jazolar JK 59-moddasi sakkizinchi qismi yoki JKning 60-moddasi tartibida qo‘shilganda, JK 73-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa shaxsning ijtimoiy xavfliligi bartaraf etilmayotganligi sababli jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod etilishi mumkin emasligi asοslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jazodan ozod qilish institutini takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish natijalari asosida: 
mahkum og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ–825-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining JK 73-moddasi (Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) uchinchi qismining “b” hamda “v” bandlarida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 
22-maydagi 04/2-10/1789-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishda shaxsning haqiqatda o‘talgan jazo muddatini differensiatsiya qilishga imkon bergan;
mahkum o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi engilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan uch qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ–825-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining JK 73-moddasi (Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) uchinchi qismining “b” hamda “v” bandlarida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 22-maydagi 04/2-10/1789-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishda shaxsning haqiqatda o‘talgan jazo muddatini differensiatsiya qilishga xizmat qilgan;
mahkum og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin jazoni engilrog‘i bilan almashtirish mumkinligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ–825-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan. Xususan, ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 
JK 73-moddasi (Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) uchinchi qismining “b” hamda “v” bandlarida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 22-maydagi 04/2-10/1789-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jazoni engilrog‘i bilan almashtirishda shaxsning haqiqatda o‘talgan jazo muddatini differensiatsiya qilishga imkon bergan;
mahkum o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni engilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin jazoni engilrog‘i bilan almashtirish lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ–825-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan. Xususan, ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 
JK 73-moddasi (Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) uchinchi qismining “b” hamda “v” bandlarida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 22-maydagi 04/2-10/1789-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jazoni engilrog‘i bilan almashtirishda shaxsning haqiqatda o‘talgan jazo muddatini differensiatsiya qilishga imkon bergan;
JK 73-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar boshqa jinoyat sodir etganligi aniqlanib, keyingi hukm bo‘yicha jazolar JK 59-moddasi sakkizinchi qismi yoki JK 60-moddasi tartibida qo‘shilganda, JK 73-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa jazoning o‘talmagan qismi engilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 
20-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 28-sonli qarorining 3-bandida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 22-noyabrdagi 01-30-95-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi JK 73-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar jazosining o‘talmagan qismi engilroq jazo bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan holatlarni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
JK 73-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar boshqa jinoyat sodir etganligi aniqlanib, keyingi hukm bo‘yicha jazolar JKning 59-moddasi sakkizinchi qismi yoki JKning 60-moddasi tartibida qo‘shilganda, JK 73-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod etilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 
20-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 28-sonli qarorining 3-bandida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 22-noyabrdagi 01-30-95-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi JK 73-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan holatlarni aniqlashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish