Yuldashev Azimjon Aytmuratovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi iste’molchilari elektr ta’minoti tizimi parametrlarini kompleks optimalashtirish (“Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Xo‘jayli tumani elektr tarmoqlari” misolida)”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2023.3.PhD T3966
Ilmiy rahbar: Taslimov Abduraxim Dexkonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muzaffarov Shavkat Mansurovich  - texnika fanlari
doktori,    professor, Omonov Faxriddin Berdiyor o‘g‘li - texnika fanlari bo‘yicha falsafa
doktori  (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  qishloq xududida joylashgan iste’molchilar elektr ta’minoti tizimi parametrlarini kompleks optimallashtirish asosida tizimning optimal parametrlarga ega energiyasamarador sxemasini ishlab chiqish va amaliyotga tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi iste’molchilari elektr ta’minoti tizimining optimal parametrlarini tanlashda ishlatiladigan umumiy harajatlarning texnik-iqtisodiy modeli va chegaralanishlarning  matematik ifodalari tizim elementlarining elektr parametrlariga bog‘liq holda olingan;
mezonli tahlil usulini qo‘llash yordamida qishloq xo‘jaligi iste’molchilari elektr ta’minoti tizimini ishlatishda, ta’mirlashda, qurishda va loyihalashda qo‘llaniladigan parametrlarning ratsional qiymatlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi iste’molchilari elektr ta’minoti tizimining parametrlari optimal qiymatlardan chetga chiqqanda tizim xarajatlarining iqtisodiy barqarorligini baholash imkoni beruvchi usul ishlab chiqilgan.
ko‘p mezonli usulni qo‘llash orqali yuklama o‘sishini hisobga olib, qishloq xo‘jaligi iste’molchilarining energiyasamarador elektr ta’minoti sxemasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xududida joylashgan iste’molchilar elektr ta’minoti tizimlari parametrlarini kompleks optimalashtirish asosida ularning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
elektr ta’minoti tizimi elementlarining  optimal   parametrlari bo‘yicha tavsiyalar QQAR Xo‘jayli tumanida  mavjud qishloq xo‘jaligi iste’molchilari elektr tarmoqlarini loyihalashda va qayta qurishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2022 yil 9 -dekabrdagi №03-13-2-7184-son ma’lumotnomasi). Natijada tarmoq nominal kuchlanishi va simlarining optimal qiymatlaridan foydalanish natijasida tarmoq liniyalaridagi quvvat isroflarini 244,72 kVtga(4,1%) kamaytirishga erishilgan. Xo‘jayli-2 podstansiyaning “Agrosanoat” fideridan ta’minlanadigan liniyalardagi quvvat isrofini esa 91,15 kVtga (3%) tejash imkoni yaratilgan.
ko‘p mezonli modeli  asosida ishlab chiqilgan energiya tejamkor sxema QQAR Xo‘jayli tumanidagi   qishloq xo‘jaligi iste’molchilari elektr ta’minoti tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2022 yil 9 -dekabrdagi №03-13-2-7184-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan sxema asosida  Xo‘jayli-2 podstansiyaga qarashli
ta’minlovchi va taqsimlovchi tarmoqlarda elektr energiya isrofini yiliga 961960 kVt soatga kamaytirish imkoni yaratilgan, bu esa yiliga 283 778 000 co‘m iqtisodiy samarani tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish