Sanbetova Amangul Turkmenbaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektrotexnologiya asosida ekologik sof urug‘lik kartoshka etishtirish”, 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD T4256
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Ashiraf, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor; Boqiev Abdujolol Abdulhamidovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bahorgi mavsumda ekiladigan kartoshka urug‘iga, kartoshka ekiladigan er maydoni hamda ushbu kartoshka urug‘idan unib chiqqan o’simlikka vegetatsiya davrida bosqichli elektrotexnologik ishlov berish va yangi kovlab olingan kartoshkaga yuqorida keltirilgan tarzda elektrotexnologik ta’sir etish hisobiga yozgi mavsumda kartoshka ekib undan kuzda ekologik sof va kasalliklarga chidamli urug‘lik kartoshka olishni asoslashdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kartoshka urug‘ini, ekish oldidan va ekish bilan birga tuproq hamda o’simlikni vegetatsiya davrida bakteritsid lampalar bilan jihozlangan nurlatgich bilan avjlantirishni o’z ichiga olgan agroelektrotexnologiya ishlab chiqilgan;
urug‘lik kartoshkaga ekish oldidan tuproq va o’simlikga vegetatsiya davrida elektrotexnologik ishlov berishda ultrabinafsha nurlar to’lqin uzunligi, yoritgichlarning quvvati va ishlov berish vaqti hosilning miqdoriy va sifat ko’rsatgichlariga bog‘liq ravishda asoslangan;
ilk bor bahorgi mavsumda urug‘lik kartoshkaga, tuproq va o’simlikga vegetatsiya davrida elektrotexnologik ishlov berilib etishtirilgan kartoshkani yozgi mavsumda elektrotexnologik ishlov berib urug‘lik sifatida ekib, o’stirib undan bahorda ekiladigan urug‘lik kartoshka tayyorlash aniqlangan;
biologik ob’ekt - kartoshka urug‘i va o’simlikga to’lqin uzunligi 253,7÷300 nm bo’lgan ultrabinafsha nur bilan bir vaqtning o’zida ta’sir etish hisobiga xujayrada kechadigan jarayonlarning mo‘tadil kechishidagi energetika etishmasligini bartaraf etish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektrotexnologiya asosida ekologik sof urug‘lik kartoshka etishtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ekologik sof urug‘lik kartoshka etishtirish agroelektrotexnologiyasi va uni amalga oshirishni ta’minlaydigan energetik qurilmalar Toshkent viloyatiQuyi-Chirchiq tumanidagi “TCT Agro Cluster” ma’suliyati cheklangan jamiyatida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi№ 07/34-05/5640-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 gektar maydondan amaldagi agrotexnologiya qo’llab etishtirilgan kartoshkaga nisbatan 8,2 tonnaga ko’p hosil olish imkoni ta’minlangan;
urug‘lik kartoshka, u ekilgan tuproq va uning o‘simligiga ishlov berib, zararsizlantirishni ta’minlaydigan qurilma bo‘yicha loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi№07/34-05/5640-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘lik kartoshka va vegetatsiya davrida uning o‘simligi hamda tuproqqa ultrabinafsha nurlar bilan ishlov beradigan statsionar va traktorga agregatlanadigan nurlatgichlarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.