Kuvatov Dilshod G‘ofir o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti (seleksiya yutug‘i) asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sement klinkerini maydalash jarayonini jadallashtiruvchi qo‘shimchalar ishlab chiqarish texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3029.
Ilmiy rahbar: Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: “Maydalash intensifikatori” (№IAP 07061).
II. Tadqiqotning maqsadi sement klinkerini maydalash jarayonini jadallashtiruvchi intensifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
beton mustahkamligini oshiruvchi kompozision maydalash intensi-fikatorining yangi tarkibi va olish usuli ishlab chiqilgan (Uz IAP 07061, 2022 y.);
maydalash intensifikatori ta’sirida betonning termik chidamliligi termogravimetrik usulda aniqlanib, suv molekulalari 200 °Cgacha noorganik tuzlarning gidratlari - karbonatlar shaklida ajralib chiqishi bilan massa 2,25 %, 400 °Cda sement tosh (beton) gidroaluminatlarning suvsizlanishi, kalsiy gidrosulfoalyuminatlarining parchalanishi va qayta kristallanishi, 600 °Cgacha trikal`siy silikat va karbonatlarning parchalanishi isbotlangan;
intensifikatorini qo‘llab olingan beton tarkibida kal`sit miqdorining yuqoriligi, suv qo‘shib aralashtirilgan sement donalarining yupqa plyonka bilan qoplaydigan kalsiy gidrosulfoalyuminat (3CaOAl2O3 3CaSO431H2O) hosil qiladigan 3-5 % miqdorda gips kiritilishi gidratatsiya reaksiyasini oldi olinishi bilan asoslandi;
sement klinkerini maydalash jarayonini jadallashtiruvchi intensifikator betonning termik barqarorligi va fizik-mexanik xossalariga ta’siri aniqlanib, mustahkamligi 45-52 % ga oshirishi isbotlangan;
yuqori jadallashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan sement klinkerini maydalash jarayonida tegirmon sharlariga yopishqoqligini yo‘qotadigan intensifikator olish texnologiyasi yaratilgan (Uz IAP 07061, 2022 y.).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sement klinkerini maydalash jarayonini jadallashtiruvchi intensifikatorlarning optimal tarkiblarini yaratish, sement ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori jadallashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan sement klinkerini maydalash intensifikator olish texnologiyasi «CEMENT TRUCK» MChJ ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 27 iyuldagi 05/13-1461-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektr energiyasi sarfi 13 % ga kamaytirish, tegirmonning ishlab chiqarish quvvatini 15 % oshirish imkonini bergan;
maydalash intensifikatorini qo‘llab portlandsement klenkeri ishlab chiqarishning takomillashgan texnologiyasi «CEMENT TRUCK» MChJda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 27 iyuldagi 05/13-1461-son ma’lumotnomasi). Natijada, sement klinkerini maydalash jarayoniga sinergetik ta’sir ko‘rsatib, 0,01-0,02 % miqdori bilan olingan betonning mustahkamligini 45-52 % ga oshirish imkonini bergan.