Qurbanov O‘tkir Xalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Delphinium leptocarpum, D. paradoxun, D. ajacis o‘simliklari kimyoviy tarkibini tadqiq etish”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/K262.
Ilmiy rahbar: Mukarramov Nuriddin Isomiddinovich, kimyo fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Normaxamatov Nodirali Soxobatalievich, kimyo fanlari doktori; Abdullajanova Nodira Gulamjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasida o‘suvchi D. leptocarpum, D. paradoxun o‘simliklarining yer ustki qismi, madaniylashtirilgan D. ajacis o‘simliklarining yer ustki qismi va urugʻi tarkibini o‘rganish, o‘simliklar tarkibidagi alkaloidlar, polisaxaridlar, oqsillar, lipidlar, makro- va mikroelementlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marotaba O‘zbekistonda o‘suvchi D. leptocarpum, D. paradoxun o‘simliklarining yer ustki qismidagi, shuningdek, madaniylashtirilgan D. ajacis o‘simligining yer ustki qismi va urugʻi tarkibidagi alkaloidlar, oqsil moddalar, uglevodlar, lipidlar, makro- va mikroelementlar tadqiq qilingan;
ilk bor diterpen alkaloidlarini ajratib olish jarayonida emulsiya hosil bo‘lishini oldini olish usuli tavsiya etilgan;
tanlangan o‘simliklar tarkibidagi oqsil moddalar, uglevodlar, lipidlar, makro- va mikroelementlar tahlil qilingan, ulardagi birlamchi va ikkilamchi metabolitlarning o‘xshashliklari va farqlari aniqlangan;
o‘simliklardan jami 17 ta alkaloidlar individual holda ajratib olingan, shulardan 15 tasi o‘rganilayotgan o‘simliklardan birinchi marotaba ajratilgan, 2 tasi yangi ekanligi aniqlangan;
o‘rganilayotgan o‘simliklardan birinchi marotaba ajratilgan 10 ta diterpen alkaloidlarining kristalldagi tuzilishlari tadqiq etilgan va olingan natijalar adabiyot ma’lumotlariga mos kelishi tasdiqlangan;
leptanin va paradoksin yangi alkaloidlarining tuzilishi fizik-kimyoviy usullar (IQ, 1D, 2D YaMR spektroskopiya, mass-spektrometriya va RTT) yordamida isbotlangan; leptanin alkaloidi kimyoviy tuzilishiga ko‘ra getizin tipiga, paradoksin alkaloidi esa getidin tipiga mansub ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Delphinium turkum o‘simliklaridan ajratilgan leptanin alkaloidining rentgen tuzilish tahlil natijalari VA-FA-F-6-010 raqamli «Tabiiy birikmalarda geteroatomlar: molekulalararo ta’sirlashuv, reseptorli tanib olish, farmakoforlar» mavzusidagi loyihada, shuningdek, ekstrakt va alkaloidlar yigʻindisining biologik faolligidan VA-QXF-5-6-008 raqamli “Tomatdoshlar oilasiga mansub ekinlarni zararlaydigan pomidor kuyasining (Tuta absoluta) biologik xususiyatlarini o‘rganish asosida populyasiya sonini boshqarishning ilmiy asoslari” mavzusidagi ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zR FAning 2023 yil 17 apreldagi №4G‘1255-817-son ma’lumotnomasi). Natijada, RTT ma’lumotlari asosida leptanin alkaloidining absolyut konfiguratsiyasini to‘liq tahlil etishga erishilgan, shuningdek, o‘simliklardan ajratib olingan diterpen alkaloidlari va alkaloidlar yigʻindisi orasidan insektisidlar izlash istiqbolli ekanligi aniqlangan;
leptanin alkaloidining RTT natijalari Kembridj Markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam, CCDC 1864536). Natijada, bazaga kiritilgan yangi ma’lumotlar o‘xshash alkaloidlarning tuzilishini to‘liq tavsiflashda soha olimlariga foydalanish imkonini bergan;
ilk bor ajratib olingan leptanin alkaloidi “The alkaloids: chemistry and biology” (X.Y. Liu, B.W. Ke, Y. Qin, F.P. Wang, 2022, Volume 87, PaGES 1-360. https://doi.org/10.1016/bs.alkal.2021.08.001) ma’lumotlar to‘plamiga kiritilgan. Natijada to‘plam yangi ma’lumot bilan boyigan va soha olimlari uchun ma’lumotlar olish imkoni kengaygan;
olib borilgan tadqiqot natijalari asosida chop qilingan ilmiy maqolalarga Scopus bazasiga kiritilgan impakt faktori yuqori bo‘lgan RSC Advances, 2020, 10, 13669-13686, DOI:10.1039/D0RA00813C IF- 3.24; RSC Advances, 2020, 10, 35072-35089, DOI:10.1039/D0RA06811J IF- 3.24; J. Herbmed Pharmacol, 2021, 10, 486-499, DOI:10.34172/jhp.2021.56 IF- 1.84 jurnallarda havolalar keltirilgan. Natijada, mutaxassislarga Delphinium turkum o‘simliklarining kimyoviy tarkibi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish