Mutalova Dilnoza Karimberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “N-dezatsetillappakonitin gidrobromidi, donaksin gidroxloridi substansiyalari, akonitin bioreaktivi, ularning xomashyolari va sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarining nazoratlari”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/4090.
Ilmiy rahbar: Sadikov Alimdjan Zairovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori, professor; Matchanov Olimjan Davlatbaevich, kimyo fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Antiaritmin, Donaksin gidroxloridi dori vositalari substansiyalarini va akonitin bioreaktivini ishlab chiqarish xom ashyolarini, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini bosqichma bosqich nazoratini, tayyor dori shakllarini sifat va miqdor jihatidan tahlil qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Allapinin dori vositasi substansiyasini ishlab chiqarish ikkilamchi mahsulotlarida Antiaritmin substansiyasi miqdorini yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usulida aniqlash ishlab chiqilgan va validatsiya qilingan. Antiaritmin substansiyasini hamda tayyor dori shaklini miqdoriy tahlil usullari spektrofotometriya hamda YuSSX uslublarini qo‘llangan holda ishlab chiqilgan va validatsiya qilingan;
Arundo Donax o‘simligi er ustki qismida va Donaksin gidroxloridi substansiyasida, tayyor dori shaklida donaksin alkaloidi miqdorini suvsiz titrlash va YuSSX uslublari qo‘llanilgan holda aniqlash usullari ishlab chiqilgan va validatsiya qilingan;
Aconitum soongarisum o‘simligi ildiz tuganaklarida va akonitin bioreaktivi tarkibidagi akonitin alkaloidi miqdorini spektrofotometrik va YuSSX usullarida aniqlash ishlab chiqilgan va validatsiya qilingan;
sifat va miqdoriy tahlil usullarini kompleks qo‘llagan xolda Antiaritmin, Donaksin gidroxloridi substansiyalarini hamda akonitin alkaloidini o‘simlik xom ashyolaridan ishlab chiqarish sanoat texnologiyalarini bosqichma bosqich nazorat usullari ishlab chiqilgan, natijada asosiy mahsulotlarning har bir texnologik jarayondagi chiqim va yo‘qotishlari aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“N-dezatsetillappakonitin gidrobromidi, donaksin gidroxloridi substansiyalari, akonitin bioreaktivi, ularning xomashyolari va sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarining nazoratlari” bo ’yicha olingan natijalar asosida:
Akonitin bioreaktivi (S 03535440-017:2020), akonitin-standart namunasi (S 03535440-055:2023) va ishlab chiqarish xom ashyosi (S 03535440-052:2023) uchun tashkilot standartlari ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan.
Antiaritmin dori vositasi substansiyasiga (VFM 42 Uz-3260-2017), antiaritmin-standart namunasiga (VFM 42 Uz-3261-2017) farmakopeya maqolalari “Farmatsevtik maxsulotlar xavfsizligi markazi” davlat mussasasi tomonidan tasdiqlangan.
Antiaritmin, donaksin gidroxloridi dori vositalari substansiyalari va akonitin bioreaktivi ishlab chiqarish jarayonini bosqichma bosqich nazorati natijalari ushbu maxsulotlarini sanoat ishlab chiqarish reglamentarini yaratishda qo‘llanilgan.