Elmuratova Aysulu Usaxovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi ayollarning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Psi24.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, 27.06.2017.Psi.02.07.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ulug‘ova Shaxlola Musliddinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi ayollar kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy jihatlar bilan o‘zaro muvofiqligi, ularning faoliyat motivlari, o‘z-o‘ziga nisbatan ishonch darajasi va qadriyatlar tizimining ijtimoiy-psixologik, etnopsixologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasanachi ayollarning kasbiy faoliyatga bog‘liq ijtimoiy-psixologik va hududiy xususiyatlari sifatida kasanachilikning mamlakatimiz aholisi talab va istaklari, an’analari, yashash sharoiti, turmush tarzi va demografik qiyofasiga ijtimoiy-psixologik jihatdan mos kelishi, qoraqalpoq va o‘zbek ayollarida kasanachilik faoliyatining o‘ziga xos psixologik jihatlari bo‘yicha o‘xshashlik va tafovutlarning mavjudligi hamda tadbirkorlik va ijtimoiy shaxs tipining boshqa shaxs tiplariga qaraganda kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanishga moyilligi darajasi yuqoriligi aniqlangan;
kasanachi ayollarda kasbiy sifatlarning shaxsiy va ijtimoiy jihatlar bilan o‘zaro uyg‘unlashuvi ularda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining shakllanishiga olib kelishi, ularni faoliyatga undovchi motivlar, o‘z-o‘ziga nisbatan ishonch darajasi, o‘zini o‘zi baholash xususiyatlari va qadriyatlar tizimining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniqlangan;
ayollarning kasanachilik faoliyatida yutuqlarni qo‘lga kiritishda jamoa bo‘lib ishlashning psixologik imkoniyatlari darajasi, birgalikda bajariladigan faoliyatda doimiy muloqotga kirishish orqali guruhga mansublikni his etish darajasi oshishining ijtimoiy psixologik jihatlari aniqlangan;
kasanachi ayollarda maqsadli qadriyatlar vositali qadriyatlarga nisbatan yuqori darajada ifodalanishi hamda shaxsga xos bo‘lgan ijtimoiy-psixologik hislatlarning kasbiy faoliyatga ta’sirini belgilovchi ijtimoiy-psixologikomillar oydinlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi ayollarning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasanachi ayollarning o‘ziga xos psixologik xususiyalarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv- ilmiy markazi tinglovchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashda foydalanilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2018 yil 2 iyundagi 02-07-1696/04-son ma’lumotnomasi). Bu ta’lim tizimi amaliyotchi psixologlarini oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik faoliyatining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari to‘g‘risidagi psixologik ma’lumotlar bilan qurollantirgan va ularning kasbiy kunikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
kasanchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayollarning ijtimoiy-psixologik, etnopsixologik, hududiy va oilaviy xususiyatlarini tadqiq qilish natijalaridan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Qo‘li guldir o‘zbek ayolin…” nomli milliy ko‘rgazmalari tadbirlarida foydalanilgan (2009–2011yy.) (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2011 yil 11 fevraldagi 02-77-son ma’lumotnomasi). Natijada kasanachi ayollar faoliyatining ijmoiy omil sifatidagi o‘rni va unga oila turi, kasbga ko‘ra shaxs tipi ta’sirining psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyatlari yaratilgan;
kasanachi ayollar faoliyatida motivatsiya turlari, qadriyatlar tizimi, shaxs tiplari, o‘ziga nisbatan ishonch darajasi va o‘zini o‘zi ijtimoiy-psixologik jihatdan baholash komponentlarini aniqlashdan olingan natijalar asosida maxsus ijtimoiy-psixologik so‘rovnomalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2018 yil 14 maydagi 06 ̸380-18-son ma’lumotnomasi). Natijada kasanachi ayollarning faoliyatga undovchi motivatsiya darajalari, kasbga ko‘ra shaxs tiplari, qadriyatlarga yo‘nalganligi hamda kasanachi ayollarning o‘zlariga nisbatan bo‘lgan ishonchlarini baholash imkoniyatlarini va kasanachilik faoliyatining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
kasanachi ayollar uchun kasanachilikning ijtimoiy omil sifatida oila uchun qulay tomonlari, birgalikda guruhiy faoliyat yuritish, yosh kasanachilarning ustoz sifatida tajribali kasanachilar bilan o‘zaro munosabat turlari psixologik jihatdan qoraqalpoq etnosida ilk marotaba o‘rganilganligi bois ularning faoliyatiga ustoz shogird munosabatini qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Tadbirkor ayollar uyushmasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Tadbirkor ayollar uyushmasining 2016 yil 18 martdagi 56-son ma’lumotnomasi). Natijada kasanachi ayollarning o‘zlariga nisbatan bo‘lgan ishonchlarini baholash imkoniyatlari hamda ayollarning kasanachilik faoliyatida samarali natijalarga erishish imkoniyatlari kengayishi ta’minlangan;
kasanachilik faoliyatida ayollarning maqsadli qadriyatlari vositali qadriyatlardan ustun ekanligi, kasbiy faoliyatda shaxs tipi ta’sirini ifodalovchi ijtimoiy-psixologikomillar va kuzatilgan tafovutlar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Tadbirkor ayollar uyushmasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Tadbirkor ayollar uyushmasining 2018 yil 14 maydagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada kasanchi ayollar faoliyatida maqsadli qadriyatlar vositali qadriyatlardan ustun ekanligi holati va buning kasanachi ayollar jins xususiyatlariga bog‘liqligi jihatlari ishning ilmiy-amaliy va metodik ta’minotini kuchaytirgan hamda kasanachi ayollar faoliyatining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.