Yodgorova Shaxnoza Xayridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik sanoati korxonalarining moliyaviy resurslarini boshqarish mexanizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt1932
Ilmiy rahbar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar   universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karlibaeva Raya Xodjibaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati korxonalarining moliyaviy resurslarini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga mazkur loyihalar doirasida yangi xarid qilingan uskunalar qiymatining belgilangan miqdorida To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan subsidiyalash orqali mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalangan holda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining ahamiyatli qismini eksport qilgan korxonalarga uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish hamda kechiktirish muddati tugaganidan so‘ng soliq qarzi va hisoblangan foizlarni kechiktirish muddatiga teng muddat mobaynida bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqini berish taklifi asoslangan;
paxta ip-kalavasi eksportidan undirilgan yig‘imlarning 5%i miqdorida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga tushadigan mablag‘lar hisobidan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining eksportoldi va eksporti bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan moliyaviy resurslar ajratish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalarining moliyaviy resurslarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga mazkur loyihalar doirasida yangi xarid qilingan uskunalar qiymatining belgilangan miqdorida To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan subsidiyalash orqali mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalangan holda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-53-son Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 14 apreldagi 15-41321-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yil davomida To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan respublikada faoliyat olib borayotgan 53 ta to‘qimachilik korxonalariga jami 741 mln so‘m subsidiya ajratish imkoni yaratilgan;to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining ahamiyatli qismini eksport qilgan korxonalarga uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish hamda kechiktirish muddati tugaganidan so‘ng, soliq qarzi va hisoblangan foizlarni kechiktirish muddatiga teng muddat mobaynida bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 fevraldagi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 93-son qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 14 apreldagi 15-41321-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yil mobaynida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi 17 ta korxonada 142 mln so‘m miqdoridagi moliyaviy mablag‘ni korxona foydasiga tejash imkoni yaratilgan; paxta ip-kalavasi eksportidan undirilgan yig‘imlarning 5%i miqdoridagi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga tushadigan mablag‘lar hisobidan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 
23 fevraldagi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 
93-son qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 14 apreldagi 
15-41321-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021-2022 yillar davomida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi 9 ta to‘qimachilik korxonalarining mahsulotlarini sertifikatlash uchun 327,8 mln so‘m, ko‘rgazmalarda ishtirok etish va milliy brendlarni yaratish uchun 196,5 mln so‘m, kadrlarni tayyorlash uchun 117,6 mln so‘m miqdorida sarflangan mablag‘lar uyushma tomonidan qoplab berish imkoni yaratilgan; to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining eksportoldi va eksporti bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda, eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan moliyaviy resurslar ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 14 apreldagi 
15-41321-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada 2023 yilning 6 oyi mobaynida 21 ta to‘qimachilik korxonalariga moliyaviy resurslar ajratish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish