Ablazov Nurillo Xusanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Qurilishda buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish”;
08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2230
Ilmiy rahbar: Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Ilhom Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Isaev Faxriddin Ikromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida qurilish korxonalarining buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qurilish korxonalari debitor va kreditorlik qarzlarining haqqoniy miqdori to‘gʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantirishga erishish maqsadida korxona schyotlar rejasiga 4330-“Shartnoma bo‘yicha aktivlar (olinadigan schyotlar)” analitik schyoti va 6330-“Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar (to‘lanadigan schyotlar)” analitik schyotini kiritish taklif etilgan;
qurilayotgan obektlarning tannarxi va soliq bazalarini obektiv shakllantirish, xarajatlar hamda materiallar hisobi ma’lumotlarini yuritish shaffofligini ta’minlash uchun material turlariga ko‘ra tabiiy kamayish me’yorlarini tashish va saqlash jarayonlarida qo‘llash bo‘yicha mezonlar ishlab chiqilgan;
qurilish korxonalarida debitorlik va kreditorlik qarzlarini tartibga solish, yaʼni ish bajaruvchi hamda iste’molchilar manfaatlarini teng himoya qilish maqsadida “7260-“Escrow” hisobvaragʻi bo‘yicha uzoq majburiyat” va “6260-“Escrow” hisobvaragʻi bo‘yicha joriy majburiyat” yangi analitik schyotlarini kiritish, balansdan tashqari 015 “Ulushli shartnoma” bo‘yicha “Escrow” schyotiga tushgan mablagʻlar schyotlarini amaliyotda foydalanish taklif qilingan;
qurilish tashkilotlarida integratsiyalashgan nazorat muhiti asosida ichki auditning obektlari, tamoyillari, tadbirlari, reglamentlarini tartibga soluvchi ichki auditni koordinatsiyalash mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilishda buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish korxonalari debitor va kreditorlik qarzlarining haqqoniy miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirishga erishish maqsadida 4330-«Shartnoma bo‘yicha aktivlar (olinadigan schyotlar)» va 6330-«Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar (to‘lanadigan schyotlar)» ishchi schyotlarini kiritish taklifi Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlarining 2022-yil uchun ishlab chiqilgan hisob siyosatlarida o‘z aksini topgan. Mazkur taklifni joriy qilinishi natijasida qurilish korxonalarida debitor va kreditorlik qarzlarining haqqoniy miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirishga erishilgan;
qurilish korxonalarida debitorlik va kreditorlik qarzlarini tartibga solish, ya’ni ish bajaruvchi hamda iste’molchilar manfaatlarini teng himoya qilish maqsadida “7260-«Escrow» hisobvarag‘i bo‘yicha uzoq majburiyat” va “6260-«Escrow» hisobvarag‘i bo‘yicha joriy majburiyat” ishchi schyotlarini kiritish taklifi Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2022-yil 21 dekabrdagi 164 – son buyrug‘i bilan viloyatdagi qurilish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi tizimida joriy qilingan. Natijada, qurilish korxonalarini ob’ekt qurilishida kafolatli mablag‘ tasarrufiga ega bo‘lishiga, buyurtmachi va qurilish korxonalari o‘rtasida vujudga keladigan hisoblashuvlarning kafolatlanishiga hamda qurilish ishlarining sifatli bajarilishiga erishilgan;
qurilayotgan obektlarning tannarxini obektiv shakllantirish, ma’lumotlarni shaffofligini ta’minlash uchun qurilish materiallari bo‘yicha ularni tashish va saqlash jarayonlarida tabiiy kamayish me’yorlarini turlariga ko‘ra (0,3 foizdan 6 foizgacha) chegaraviy ko‘rsatkichlarni belgilash taklifi Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2022-yil 21 dekabrdagi 164 – son buyrug‘i bilan smeta loyihalarini ishlab chiqishda me’yoriy asos sifatida qabul qilingan. Mazkur amaliyotga joriy etilgan ilmiy taklif asosida qurilish jarayonida tabiiy kamayish me’yorlarni qo‘llash tartibini belgilashga xizmat qilib, korxonaga xom-ashyo materiallardan samarali foydalanish, ularni nazorat qilish, o‘g‘irliklarni oldini olish va bajarilgan ishlar tannarxini to‘g‘ri aniqlash imkonini bergan;
qurilish tashkilotlarida integratsiyalashgan nazorat muhiti asosida ichki auditning ob’ektlari, tamoyillari, tadbirlari, reglamentlarini tartibga soluvchi ichki auditni koordinatsiyalash mexanizmi boyicha bergan taklifi Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2023-yil 12 yanvardagi 17 – son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Ichki audit to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»da o‘z aksini topgan. Natijada, axborotni ochib berishning ilg‘or xalqaro amaliyot tajribalarining qo‘llanilishiga, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tuziladigan integratsiyalashgan hisobotlarning taqdim etilishiga, korxona mulkdorlari va axborotdan foydalanuvchi tashqi hamda ichki iste’molchilarning qurilish tashkilotlari menejmentiga yuqori darajadagi ishonchini saqlanib qolinishiga imkoniyat yaratilgan.