Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston ekologik harakati institutsional tizimini rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy mexanizmlari», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/G‘al49.
Ilmiy rahbar: Mamashokirov Saidmurod, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Xurram Farmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Berdimuratova Alima Qarlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ekologik harakat institutsional tizimining strukturaviy elementlari faoliyatini kompleks-sistemali tahlil qilib, ularning funksional bog‘lanishlarini: tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik harakat institutsional tizimining tarixiy zaruriyati, shakllanish dinamikasi, ob’ekti va sub’ekti aloqadorligi asoslangan;
ekologik harakat ijtimoiy qadriyat maqomining milliy, mintaqaviy va global xususiyatlari falsafiy kategoriyalar (alohidalik, maxsuslik, umumiylik va boshqa) asosida yoritilgan;
ekologik harakat samaradorligini ta’minlashning tizimli ob’ektiv va mantiqiy sub’ektiv omillari asoslangan va potensial imkoniyatlarini baholash mezonlari ochib berilgan;
ekoharakat tadrijiy rivojlanish milliy modelining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda uning harakat darajasidan siyosiy partiya maqomiga ko‘tarilishi va mazkur tizimning targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston ekologik harakati institutsional tizimini rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ekologik harakatning umuminsoniy qadriyat maqomi, tarkibiy elementlari, funksiyalari, zamonaviy ijtimoiy-huquqiy munosabatlar integratsiyasi bilan bog‘liq ilmiy-konseptual asoslariga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasining 2018 yil 23 yanvardagi 12-41-3-son ma’lumotnomasi). Natijada ekologik sohadagi import va eksportni tartibga solishga oid me’yoriy- huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Ko‘rib chiqish jarayonida ushbu dissertatsiya ishi natijalari bo‘yicha berilgan takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 yanvardagi “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini va O‘zbekiston Respublikasidan eksportini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 17-son qarorini ishlab chiqish va uni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasining 2018 yil 23 yanvardagi 12-41-3 sonli dalolatnomasi). Natijada ozonni buzuvchi moddalarning import va eksporti tartibga solingan;
O‘zbekiston ekologik harakatining tashkiliy potensial imkoniyatlarini uyg‘unlashtiruvchi faoliyatini tanqidiy baholashda, shuningdek, berilgan xulosalardan harakat faoliyatini tashkillashtirish samaradorligini oshirish, boshqarish va nazorat qilishda mutasaddi institutsional tizimni rivojlantirish va takaomillashtirish yo‘llari hamda jahondagi xalqaro ekologik harakat institutlari amaliy tajribalaridan ijodiy foydalanishga qaratilgan “O‘zbekiston ekologik harakatining 2018 yildagi asosiy tashkiliy-huquqiy, nazorat-tahliliy va amaliy tadbirlar dasturi”ni takomillashtirishda ham foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik harakatining 2018 yil 29 yanvardagi 01/38-son ma’lumotnomasi). Natijada Ekoharakatning targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.