Urinov Jamol Chorshanbievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kollektor-zovur suvlaridan qayta foydalanishda biologik usullarning qo‘llanishini takomillashtirish, 06.01.02–“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2579
Ilmiy raxbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Quvvatov Dilshod Ashuralievich, texnika fanlari falsafa doktori dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik Ilmiy Kengash 
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xujaqulov Rustam; qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Isaev Sabirjan Xusanbaevich 
Yetakchi tashkilot – “Termiz muhandislik-texnologiya instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yuksak suv o‘simliklari karolina azollasi (Azolla caroliniana Willd.), pistiya (Pistia stratiotes L.) va eyxorniya (Eichhornia crassipes Solms.) o‘simliklari yordamida Qashqadaryo viloyati sharoitida turli xil minerallashgan kollektor-zovur suvlari sifatini yaxshilash hamda ushbu suvlardan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatida ilk bor laboratoriya va dala sharoitida turli minerallashgan kollektor-zovur suvlarida karolina azollasi (Azolla caroliniana Willd.), pistiya (Pistia stratiotes L.) va eyxorniya (Eichhornia crassipes Solms.) yuksak suv o‘simliklarining o‘sishi, rivojlanishi va fenologik xususiyatlari o‘zgarishi hamda zovur suvlarining gidrokimyoviy tarkibiga ta’siri aniqlangan;
yuksak suv o‘simliklari karolina azollasi (Azolla caroliniana Willd.), pistiya (Pistia stratiotes L.) va eyxorniya (Eichhornia crassipes Solms.) o‘simliklari yordamida sifati yaxshilangan kollektor-zovur suvlaridan g‘o‘zani sug‘orishda o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
minerallashgan zovur suvlaridan foydalanishning sug‘oriladigan maydonlar meliorativ holatiga ta’siri suv-tuz balansi tenglamalarini echish hamda suvning mineralizatsiyasi o‘zgarish jarayonlarini tavsiflovchi matematik model hisoblari yordamida aniqlangan.
Qashqadaryo viloyati sharoitida turli xil minerallashgan suvlar sifatini yaxshilashga biologik usullardan, jumladan yuksak suv o‘simliklaridan foydalanish orqali erishish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv taqchil sharoitda kollektor-zovur suvlaridan qayta foydalanishda biologik usullarning qo‘llanishini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida kollektor-zovur suvlarida laboratoriya sharoitida Pistiya (Pistia stratiotes) va azolla (Azolla caroliniana) va eyxorniya (Eichhornia crassipes Solms.) suv o‘simliklarini o‘sishi, rivojlanishi, biomassa hosil qilishi aniqlangan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 - yil 25 - fevral 03/26-628-son ma’lumotnomasi). Natijada suv o‘simligining turiga bog‘liq ravishda zovur suvi mineralizatsiyasining kamayish miqdorini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
tajribalarda kollektor-zovur suvlariga eyxorniya (Eichhornia crassipes Solms.) suv o‘simligi ekilgan kollektor-zovur suvidagi xlor ioni miqdori tajriba boshiga nisbatan 15 % gacha kamayib 0,08 g/l ga teng bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 - yil 25 - fevral 03/26-628-son ma’lumotnomasi). Natijada kollektor-zovur suvlarining mineralizatsiyasiga ijobiy ta’sirini baholash imkoniyati yaratilgan;
suv o‘simliklarining kollektor-zovur suvlari tarkibidagi sulfat ioni miqdoriga ta’siri aniqlanganda Pistiya (Pistia stratiotes) suv o‘simligi ekilgan kollektor-zovur suvlaridagi sulfat ioni miqdori 15% gacha kamayishi, azolla (Azolla caroliniana) suv o‘simligi ekilgan suvlarda 13% gacha kamayishi natijalariga erishilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 - yil 25 - fevral 03/26-628-son ma’lumotnomasi). Natijada minerallashgan suvlarning gidrokimyoviy tarkibidagi o‘zgarishlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan. 
pistiya suv o‘simligi yordamida minerallashganligini kamaytirib, g‘o‘za o‘simligi sug‘orilganda o‘rtacha hosildorlik 39,4 s/ga teng bo‘lganligi aniqlandi (Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspedisiya 10.08.2022 yildagi dalolatnomasi). Natijada biologik usulda mineralizatsiyasi pasaytirilgan kollektor-zovur suvlarida g‘o‘zani sug‘orish tartibining iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish