Matyakubov Xamid Nurullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda xoledoxning kistoz transformatsiyasini xirurgik davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib1061.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibullo Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar:Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda xoledoxning kistoz transformatsiyasini turli shakllarini tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashga yuqori informatsion diagnostika usullarini qo‘llash va yangi tashxislash va davolash algoritmini ishlab chiqish orqali erishishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xoledoxning kistoz transformatsiyasini tashxislash, o‘t yo‘llarining zararlanish darajasi va hajmini, yon anatomik a’zolarning ishtirok etish darajasini aniqlash uchun yangicha yondashuv asoslangan;
bemorlarning bolalar kontingentida birinchi marta XKTsining asoratlangan shakllarida teri osti va jigar osti orqali antegrad endobiliar aralashuvlarning diagnostik va terapevtik imkoniyatlari aniqlangan;
tashqi metall xalqa yordamida bolalarda xoledoxning kistoz o‘zgarishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning yangi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, uning samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan;
bolalarda XKTsida birlamchi radikal aralashuvlar uchun ko‘rsatmalarni kengaytirishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan va kasallikning asoratlangan shakllari uchun ikki bosqichli jarrohlik taktikasining afzalliklari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 04 yanvardagi № 8n-d/10-sonli ma’lumotnomasi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2023 yil 07dekabrdagi № 6-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda xoledox kistoz transformatsiyasini asoratlangan va asoratlanmagan shakllarining strukturasi va klinik kechish xususiyatlariRShTYoIMningSamarqand viloyati filiali bo‘yicha 22.12.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha 15.11.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorliginatijalarning qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatdiki, jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarning ko‘rsatkichi 28,6% dan - 17,0% gacha va o‘lim ko‘rsatkichi 4,1% dan - 2,1% gacha kamayishi kuzatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Zamonaviy nur va endobiliar usullarni bolalarda xoledox kistoz transformatsiyasi asoratlangan shakllarida keng qo‘llanilishi, radikal jarrohlik amaliyotlar ulushining ortishiga, jarrohlik amaliyotidan asoratlarning chastotasi 28,6% dan - 17,0% gacha kamayishiga va bu o‘z navbatida, qayta bemorlarni gospitalizatsiya qilinishini oldini oladi va 1 nafar bemor uchun quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: taklif etilgan tavsiyalar xoledoxning kistoz transformatsiyasini asortalangan shakllarida, terapevtik va diagnostika taktikasini optimallashtirish va metall xalqadan keng foydalanish bolalarda xoledoxning kistoz transformatsiyasida biliodigestiv anastomozlarida 1 ta bemorda - 14 070 789,56 so‘m. Paliativ jarrohlik amaliyotidan keyin qayta rekonstruktiv radikal jarrohlik amaliyoti uchun shifoxonaga gospitalizatsiya qilinishi quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: qayta gospitalizatsiya - 3 837 306 so‘m; qayta labarotor va rentgenologik tekshiruvlar – 1 308 424,94 so‘m; qayta jarrohlik amaliyoti - 2 638 249,58 so‘m; jarohatning bog‘lov harajatlari – 165 000 so‘m; dori – darmonlar harajati – 642 417,11 so‘m (umumiy sarf qilingan harajat 8 591 397,62 so‘m, paliativ jarrohlik amaliyoti bilan birga hisoblansa - 22 662 187,18 so‘mni tashkil qiladi). Xoledoxning kistoz transformatsiyasini asoratlangan shakllarida bemorlarga ikki bosqichli yondashuv qilinganda iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 14 070 789,56 so‘mni tashkil qildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi materiallarini retrospektiv tahlil qilish asosida bolalarda xoledox kistoz transformatsiyasini tashxislashda an’anaviy va zamonaviy usullarning samaradorligi aniqlangan mezonlari RShTYoIMning Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 22.12.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha 15.11.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tatqikotning alohida natijalaridan magistrlar, klinik ordinatorlar va kursantlar uchun xoledoxning kistoz transformatsiyasi bilan tug‘ilgan bemorlarni tashxislash va davolash bo‘yicha o‘quv dasturining mazmuni va tuzilishini yaxshilash uchun foydalanish mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligitaklif etilgan tavsiyalar xoledoxning kistoz transformatsiyasi bilan kasallangan bemorlarda umumiy o‘t yo‘llari magnitli rezonas xolangiografiyasi 1 nafar bemor uchun 90 782,80 so‘m (mul`tispiral kompyuter tomografiyasi kontrast bilan tekshirish endoskopik retrograd xolangiografiyadan keyin 1 nafar bemorga 4 952 160,42 so‘m) iqtisod qilindi. Bundan yillik iqtisodiy samaradorlik 4 861 377,62 (1 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qilinadi. Xulosa:bolalarda xoledoxning kistoz transformatsiyasi bilan tug‘ilgan bemorlarni tashxislash va davolash taktikasini tanlash dasturi joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 4 861 377,62 so‘mga tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda xoledoxning kistoz transformatsiya-sining asoratlanmagan va asoratlangan shakllarida bemorlarda davolash jarayonini optimallashtirish maqsadida kaminvaziv aralashuvlar aniqlangan mezonlari RShTYoIMning Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 22.12.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha 15.11.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xoledoxning kistoz transformatsiyasini asoratlangan shakllarida bemorlarga ikki bosqichli yondashuv, bemorlarda radikal jarrohlik amaliyotini keng qo‘llanilishiga, bu esa o‘z navbatida bemorlarni palliativ jarrohlik amaliyotidan keyin qayta rekonstruktiv radikal jarrohlik amaliyoti uchun shifoxonaga gospitalizatsiya qilinishini oldini oldi va xoledoxning kistoz transformatsiyasini asoratlangan shakllarida bemorlarga yordam sifatini oshirdi va davolash natijalarini yaxshiladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi taklif etilgan tavsiyalar xoledoxning kistoz transformatsiyasini asortalangan shakllarida terapevtik va diagnostika taktikasini optimallashtirish, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini, bemorlarni qayta gospitalizatsiya va nogironlik darajasini kamaytirish imkonini berdi, Xoledoxning kistoz transformatsiyasini asoratlangan shakllarida bemorlarga ikki bosqichli yondashuv qilinganda iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 9 464 543,77 so‘m tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 2, umumiy iqtisodiy samaradorlik esa 18 929 087,54 so‘m miqdorda byudjet mablag‘larini iqtisot qilishga erishiladi.Xulosa:xoledoxning kistoz transformatsiyasini asoratlangan shakllarida bemorlarga ikki bosqichli yondashuv, bemorlarda radikal jarrohlik amaliyotini keng qo‘llanilishi 1 bir nafar bemor uchun 9 464 543,77 so‘m va mos ravishda yiliga (2 nafar bemorda) 18 929 087,54 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda xoledoxning kistoz transformatsiyasini jarrohlik amaliyotida biliodigistiv anastomozga tashqi metall xalqa o‘rnatish usuli RShTYoIMning Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 22.12.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha 15.11.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda xoledoxning kistoz transformatsiyasida jarrohlik amaliyotida biliodigestiv anastomozlarni shakllantirishda tashqi metall xalqadan foydalanish, anastomozning ishonchliligini oshiradi va anastomozning chandiqli torayishining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, bu esa o‘z navbatida qayta rekonstruktiv radikal jarrohlik amaliyoti uchun shifoxonaga gospitalizatsiya qilinishini oldini oldi va bemorlarga yordam sifatini oshirdi va davolash natijalarini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashqi metall xalqadan foydalanish bolalarda xoledoxning kistoz transformatsiyasida biliodigestiv anastomozlarni shakllantirishda jarrohlik amaliyotida texnik jihatdan qulay, anastomozning ishonchliligini oshiradi va anastomozning chandiqli torayishining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, 1 nafar bemorga 8 549 611,42 so‘m iqtisod qilindi (tajriba va adabiyotlarda ko‘rsatilishiga ko‘ra 25,0 foiz bemorlarda anastomozning chandiqli torayishi kuzatiladi va bu qayta jarrohlik (ikkinchi jarrohlik) amaliyoti oshirilishiga olib keladi), jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish, shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarda nogironlik foizini kamaytirish imkonini berdi. Demak, bir nafar bemordan 8 549 611,42 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 17 099 222,84 so‘mni (2 nafar bemor uchun) tashkil etadi.Xulosa: bolalarda xoledoxning kistoz transformatsiyasida biliodigestiv anastomozlarni shakllantirishda tashqi metall xalqani jarrohlik amaliyotiga joriy qilinishi bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 8 549 611,42 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy samaradorlik 17 099 222,84 (2 nafar bemor uchun) tashkil etadi.
beshinchi ilmiy yangilik: bolalarda xoledox kistoz transformatsiyalarining asoratlanmagan va asoratlangan shakllarini tashxislash va davolash taktikasida yangi algoritm yaratilgan va klinik amaliyotga joriy etilgan mezonlari RShTYoIMning Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 22.12.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha 15.11.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishning alohida natijalaridan magistrlar, klinik ordinatorlar va kursantlar uchun xoledoxning kistoz transformatsiyasi bilan tug‘ilgan bemorlarni tashxislash va davolash bo‘yicha o‘quv dasturining mazmuni va tuzilishini yaxshilash uchun foydalanish mumkin.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligiquyidagilardan iborat: taklif etilgan tavsiyalar xoledoxning kistoz transformatsiyasi bilan tug‘ilgan bemorlarda terapevtik va diagnostik taktikani optimallashtirish natijasiga ko‘ra 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 18.1 kundan 13.3 kungacha (4-5 kunga) qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 7 039 683,39 so‘mga kamaytirdi, jami yillik iqtisodiy samaradorlik (2 ta bemor uchun) 7 039 683,39*2=14 079 366,78 so‘mni tashkil etadi.
Xulosa: bolalarda xoledoxning kistoz transformatsiyasi bilan tug‘ilgan bemorlarni tashxislash va davolash taktikasini tanlash dasturi joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini – 7 039 683,39 so‘mga iqtisod qilinishi imkonini beradi.