Shoboev Alisher Hikmatilloevichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Disasertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Donni qayta ishlash korxonalarining energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/T93.
Ilmiy rahbar: Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Isakov Abdusaid Jalilovich - texnika fanlari doktori, professor.Boltaev Otabek Tashmuxammatovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: donni qayta ishlash korxonalarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hisoblashlarni avtomatlashtirish uchun korxona elektr ta’minoti tizimini ko‘p o‘lchovli matrisa ko‘rinishidagi raqamli modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqilgan korxona elektr ta’minoti tizimining matrisaviy modelida ko‘p variantli optimallash metodlarini hisobga olgan holda minimal isroflarni ta’minlovchi elektr ta’minoti sxemasining optimal parametrlari aniqlangan;
donni qayta ishlash korxonasi elektr ta’minoti tizimi istemolochilar guruhini ulanish sxemasiga muvofiq ko‘p o‘lchamli matrisa ko‘rinishida ifodalash hisobiga elektr ta’minoti tizimining matrisaviy ma’lumotlarni qat’iy tartiblash algoritmlari ishlab chiqilgan;
donni qayta ishlash korxonasi elektr iste’mol ko‘rsatkichlarini samaraliroq analitik tadqiq qilish asosida qaydlov tizimlari axborot infratuzilmasiga integratsiyalash imkonini beruvchi ko‘p o‘lchovli matrisa ko‘rinishidagi kompyuter modeli ishlab chiqilgan;
korxona elektr ta’minoti sxemasining matrisaviy modelida har xil turdagi (radial, magistral va aralash) tarmoqlarni hisobga olgan holda yagona avtomatlashtirilgan hisoblash tizimiga muvofiqlashtiruvchi algoritm va avtomatlashtirilgan hisoblash dasturi ishlab chiqilgan;
korxona ichki elektr ta’minoti kabel` yo‘llarida energiya tejash zahiralarini kompleks taqiq qilish hisobiga elektr ta’minoti sxemasining ratsional parametrlarini matrisaviy hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari donni qayta ishlash korxonalari energetik tekshiruvlarida tadbiq etildi va quyidagi natijalar olindi:
elektr ta’minoti tizimining ko‘p o‘lchovli matrisa ko‘rinishidagi matematik modeli «Buxorodonmaxsulotlari» AJ AO (ma’lumotnoma № 6-1-2/69- 358 2023 yilning 10 may “Uzdonmaxsulot” AK) korxonasida energetik tekshiruvlarda foydalanildi va yillik 86,45 mln.so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Korxona elektr ta’minoti tizimida kompyuter modelini qo‘llash natijasida energetik tadqiqotlarning hisoblash qismi avtomatlashtirildi, shuningdek tekshiruvlarga ketadigan vaqt va harajatlar qisqargan.