Normurodov Ulug‘bek Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning ninasimon rotatsion yulduzchalarini eyilishga bardoshliligini oshirish maqsadida yuza qatlamini mustahkamlash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1430.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Tilabov Baxodir Qurbanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Nikalay Sergievich Dunyashin, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Abdulaziz Abdullajonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erga ishlov beruvchi mashinalarning quyma po‘lat rotatsion ninasimon yulduzchalariga kimyoviy termik ishlov berish – nitrotsementatsiyalash usuli bilan tashqi yuza qatlamini hosil qilish va sovitib toblash hamda past haroratli bo‘shatish uslubi bilan shu detallarning qattiqligi va eyilishga bardoshliligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: er qoliplarga quyish yo‘li bilan mahalliy xomashyodan erga ishlov beradigan mashinalar va mexanizmlarning yangi takomillashgan quyma po‘lat universal rotatsion ninasimon yulduzchalari – yumshatgichini tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan, bu quymani olishda  geometrik o‘lchamlarining aniqligini 15-20% oshirish imkonini bergan;  
“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJda mahalliy xomashyodan eritilgan uglerodli po‘latning kimyoviy tarkibi takomillashtirilgan (%): universal rotatsion yulduzchalar uchun C=2,5-3,0; Si=0,5-0,8; Mn=0,5-1,0; Cr=10-15; Ni=0,4-0,8; P=0,03; S=0,03, u detal quymalarini tayyorlash unumdorligini 15-20% ga oshiradi va yaroqsiz quymalar chiqishi sonini 10-15% ga kamaytirgan;
kimyoviy-termik ishlov berish – nitrotsementatsiyalash va keyinchalik (sovutish bilan 825°C da toblash, 170°C da past haroratli bo‘shatish va havoda sovitish) optimal rejimlari ishlab chiqilgan, mayda donali strukturalar hosil qilingan va bu tayyor po‘lat detallarning yuza qattiqligini 58HRCga va eyilishga bardoshliligini 2-3 martaga oshirish imkonini bergan;   
erga ishlov beruvchi mashinalar va mexanizmlarda qo‘llash uchun yuza qoplamasiga ega bo‘lgan universal rotatsion ninasimon yulduzchalarni yaratish uchun O‘zbekiston Respublikasidagi mahalliy xomashyodan ishlangan konstruksion mo‘ljallanishli uglerodli po‘latdan foydalanish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: er qolipga quyish bilan quyma po‘lat rotatsion ninasimon yulduzchalarni tayyorlash uchun “Agregat zavodi” AJ ga joriy qilingan (“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ ning 2020 yil 23 yanvardagi №03-22/178 sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida quymaning geometrik parametrlari aniqligi 15-20% oshgan;  
universal ninasimon yulduzchalarni olish uchun “Agregat zavodi” AJ ga joriy qilingan (“O‘zagrotexsanoatxolding” AJning 2020 yil 23 yanvardagi №03-22/178 – sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida detal quymalarini tayyorlash unumdorligini 15-20% ga oshdi va yaroqsiz quymalar chiqishi mumkinligi sonini 10-15% ga kamaygan;
kimyoviy-termik ishlov berish rejimlari – ninasimon yulduzchali detallar uchun “Agregat zavodi” AJ ga joriy qilingan (“O‘zagrotexsanoatxolding” AJning 2020 yil 23 yanvardagi №03-22/178 sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida qattiqligi 58-60 HRC, eyilishga bardoshliligi va uzoq muddat ishlashi esa 2-3 martaga oshgan,
universal ninasimon yulduzchalarni olish uchun“Agregat zavodi” AJ ga joriy qilingan. (“O‘zagrotexsanoatxolding” AJning 2020 yil 23 yanvardagi №03-22/178 – sonli ma’lumotnomasi) Joriy qilish natijasida tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar 1,3-1,5 martaga qisqargan va toblangan detallarning qattiqligi va eyilishga bardoshliligi 20-25% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish