Islomov Alisher Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.(Iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1PhD/Iqt2796.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Shaxlo Turg‘unovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yo‘ldosheva Inoyat Zikriyaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi sohasida ausorsing xizmatlarini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida buxgalteriya ausorsing xizmatlaridan foydalanish asosida ish o‘rinlarini saqlash xarajatlarini minimallashtirish, kadrlar almashinuviga bog‘liqlikni bartaraf etish, yuqori malakali mutaxassislardan foydalanish, asosiy biznes jarayonlari samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish natijasida korxona xarajatlarini ikki baravargacha qisqartirish taklifi asoslangan;
buxgalteriya ausorsing firmasida mijoz korxona asosiy, yordamchi va umumishlab chiqarish, ma’muriy va boshqa maqsadlarga sarflangan xom ashyo va materiallar, mehnatga haq to‘lash xarajatlari analitik schyotlarini birlashtiruvchi 3300-“Xom ashyo va material xarajatlar” va 3400-“Mehnatga haq to‘lash xarajatlari” schyotlaridan foydalanish taklifi asoslangan;
buxgalteriya ausorsing firmasida mijoz korxona moliyaviy va boshqaruv hisobini integratsiyalashgan tizimi 3500-“Ijtimoiy soliq ajratmalari”, 3600-“Amortizatsiya ajratmalari”, 3700-“Jami xarajatlarning taqsimlanishi sintetik va tegishli analitik schyotlarini, 3800-“Boshqa umumiy xarajatlar”, 3900-“Boshqa xarajatlar” schyotlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
buxgalteriya ausorsing xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holati va natijalari to‘g‘risida mustaqil ishonchli xulosa olish maqsadida o‘rganish taomilini namoyon etuvchi dyu dilijens xizmatidan foydalanish orqali korxona moliyaviy holatiga oqilona baho berish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxgalteriya hisobi sohasida ausorsing xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida buxgalteriya ausorsing xizmatlaridan foydalanish asosida ish o‘rinlarini saqlash xarajatlarini minimallashtirish, kadrlar almashinuviga bog‘liqlikni bartaraf etish, yuqori malakali mutaxassislardan foydalanish, asosiy biznes jarayonlari samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish natijasida korxona xarajatlarini ikki baravargacha qisqartirish taklifi O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston auditorlar palatasi, “Turan ousoursing servis” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2023-yil 30-avgustdagi 41-sonli, O‘zbekiston auditorlar palatasining 2023-yil 15-avgustdagi 30/NK-sonli, “Turan ousoursing servis” MChJning 2023-yil 1-iyundagi 21/23-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida buxgalteriya ausorsing firmalari mijozlari faoliyati va ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish imkoni yaratilgan;
buxgalteriya ausorsing firmasida mijoz korxona asosiy, yordamchi va umumishlab chiqarish, ma’muriy va boshqa maqsadlarga sarflangan xom ashyo va materiallar, mehnatga haq to‘lash xarajatlari analitik schyotlarini birlashtiruvchi 3300-“Xom ashyo va material xarajatlar” va 3400-“Mehnatga haq to‘lash xarajatlari” schyotlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston auditorlar palatasi, “Turan ousoursing servis” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2023-yil 30-avgustdagi 41-sonli, O‘zbekiston auditorlar palatasining 2023-yil 15-avgustdagi 30/NK-sonli, “Turan ousoursing servis” MChJning 2023-yil 1-iyundagi 21/23-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida buxgalteriya ausorsing firmalarida mijoz korxonalarning moliyaviy va boshqaruv hisoblarini yuritib borish tartiblarini soddalashtirish imkoni yaratilgan;
buxgalteriya ausorsing firmasida mijoz korxona moliyaviy va boshqaruv hisobini integratsiyalashgan tizimi 3500-“Ijtimoiy soliq ajratmalari”, 3600-“Amortizatsiya ajratmalari”, 3700-“Jami xarajatlarning taqsimlanishi sintetik va tegishli analitik schyotlarini, 3800-“Boshqa umumiy xarajatlar”, 3900-“Boshqa xarajatlar” schyotlarni kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston auditorlar palatasi, “Turan ousoursing servis” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2023-yil 30-avgustdagi 41-sonli, O‘zbekiston auditorlar palatasining 2023-yil 15-avgustdagi 30/NK-sonli, “Turan ousoursing servis” MChJning 2023-yil 1-iyundagi 21/23-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida buxgalteriya ausorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi ausorserlar faoliyatini takomillashtirish va mijoz korxonalar faoliyatini nazorat qilish imkoni yaratilgan;
buxgalteriya ausorsing xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holati va natijalari to‘g‘risida mustaqil ishonchli xulosa olish maqsadida o‘rganish taomilini namoyon etuvchi dyu dilijens xizmatidan foydalanish orqali korxona moliyaviy holatiga oqilona baho berish taklifi O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston auditorlar palatasi, “Turan ousoursing servis” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2023-yil 30-avgustdagi 41-sonli, O‘zbekiston auditorlar palatasining 2023-yil 15-avgustdagi 30/NK-sonli, “Turan ousoursing servis” MChJning 2023-yil 1-iyundagi 21/23-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalar moliyaviy holatiga oqilona baho berish va investorlar uchun ma’lumotlar bazasini kengaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish