Urinov Nodir Nasilloevichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metall kesish dastgohlarining kesish traektoriyasini va rejimlarini rostlash orqali energiya samaradorligini oshirish” (“Povishenie energeticheskoy effektivnosti metallorejushhix stankov putem regulirovaniya traektorii i rejimov rezaniya”), 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/T1625
Ilmiy rahbar: Sadullaev Nasillo Negmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Energetika muammolari instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2021.T.143.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qarshibaev Asqarbek Ilashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Berdiev Usan Turdievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: metall kesish dastgohlarining traektoriya va kesish chuqurligini inobatga olib chastotali rostlanadigan asinxron elektr yuritma asosida energiya samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metall kesish dastgohidagi elektr energiya ist’emolining matematik modeli traektoriya va kesish chuqurligi asosida ishlab chiqilgan;
metall kesish texnologik parametrlarini hisobga olgan holda «asinxron motor – metall kesish dastgohi» tizimi va matematik modeli ishlab chiqilgan;
«asinxron motor – metall kesish dastgohi» tizimining quvvat koeffisientini kompensatsiya qilish asosida avtomatik boshqariladigan tuzilma ishlab chiqilgan va energiya sig‘imi boshqarishining avtomatlashtirish algoritmi tuzilgan;
chastotali rostlanadigan asinxron elektr yuritmasining funksional sxemasini traektoriya va kesish chuqurligini inobatga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Asinxron elektr yuritmali metall kesish dastgohining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
traektoriya va kesish chuqurligini inobatga olish chastota orqali rostlanuvchi elektr yuritma “Trubodetal” unitar korxonasida joriy etildi (Ma’lumotnoma №01-03-42/1064, 18 oktyabr 2023 yil). Natijada yillik iqtisodiy samaradorlik 65 850 000 (oltmish besh million sakkiz yuz ellik ming) so‘m tejashga erishilgan;
reaktiv energiyani kompensatsiya qilish usuli “Trubodetal” unitar korxonasida joriy etildi (Ma’lumotnoma №01-03-42/1064, 18 oktyabr 2023 yil). Natijada elektr energiya samaradorligini 4% oshirish imkoni yaratilgan.