Goyibova Nargiza Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Semizlik fonida bolalarda buyraklarning funksional holati va tuzilishining xususiyatlari", 14.00.09-Pediatriya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1899
Ilmiy raxbar: Garifulina Lilya Maratovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01
Rasmiy opponentlar: Rustamov Mardonkul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Nigora Rustamovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda semizlik fonida buyraklarni funksional va struktur xususiyatlarini baholash orqali nefropatiyani erta tashxislashni takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda teng taqsimlangan tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarga nisbatan nefropatiya ko‘rinishidagi buyraklar zararlanishi normal AQB fonida, kasallikni erta bosqichlarida ko‘proq rivojlanishi aniqlangan (34,8%);
rangli dopler kartirlash natijalariga ko‘ra, semizlikni erta bosqichlarida, normal AQB fonida, teng taqsimlangan tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarda mayda arteriyalarda periferik qarshilikni pasayishi va abdominal tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarda esa tomir qarshiligi indeksining oshishi bilan kechadigan buyraklar gemodinamikasining buzilishi aniqlangan;
abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda buyraklar funksiyasining buzilishi sistatin miqdori, sistatin bo‘yicha KFT va mikroal`buminuriya darajasi bilan birga uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlari, umumiy xolesterin, trigliseridlar miqdori hamda buyrak ichi gemodinamikasining o‘zgarishi bilan uzviy korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;  
turli tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarda nefropatiyani subklinik kechishini skriningi uchun, buyrak patologiyasini xavf omillarini aniqlash orqali erta predektiv diagnostika usuli takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2023 yildagi 18 noyabrdagi №94-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda teng taqsimlangan tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarga nisbatan nefropatiya ko‘rinishidagi buyraklar zararlanishi normal AQB fonida, kasallikni erta bosqichlarida ko‘proq rivojlanishi (34,8%) aniqlanganligi Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 19-avgustdagi 19-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar 1 son bolalar shifoxonasida 2023 yil 21 avgustdagi 12-1-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar 8 son oilaviy poliklinikasida  2023 yil 22 avgustdagi 44-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarda buyraklar parsial funksiyasini kompleks o‘rganish asosida nefropatiyani subklinik shaklini va rivojlanishi oqibatlarini erta tashxislash imkonini bergan sistatin va sistatin S miqdorini o‘rganish takomillashtirilgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizlik nefropatiyasini o‘z vaqtida aniqlash va uni buyrak surunkali kasalliklarini erta bosqichlarida aniqlash bilan bog‘liq, semizlikdagi nefropatiyani erta subklinik bosqichlarida statsionar davolashda kech bosqichlar bilan solishtirilganda, butun kurs davomida bitta bemor uchun 891345 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.  
Xulosa: semizlik fonida rivojlangan nefropatiya bilan og‘rigan bolalarda takomillashtirilgan erta diagnostika va o‘z vaqtida o‘tkazilgan davolash chora tadbirlarni qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 891345 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: rangli dopler kartirlash natijalariga ko‘ra, semizlikni erta bosqichlarida, normal AQB fonida, teng taqsimlangan tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarda mayda arteriyalarda periferik qarshilikni pasayishi va abdominal tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarda esa tomir qarshiligi indeksining oshishi bilan kechadigan buyraklar gemodinamikasining buzilishi ekanligining aniqlanganligi Samarqand viloyati Shaxrisabz shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 19-avgustdagi 19-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar 1 son bolalar shifoxonasida 2023 yil 21 avgustdagi 12-1-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar 8 - son oilaviy poliklinikasida  2023 yil 22 avgustdagi 44-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizligi bo‘lgan bolalarda buyraklar zararlanishi skriningi maqsadida rangli dopler kartirlash usulini tatbiq etish ushbu patologiyani davolashni erta boshlash imkonini bergan, bu orqali surunkali buyrak etishmovchiligi rivojlanishi va bolalarni katta yoshda nogiron bo‘lib qolishini oldi olingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizlik nefropatiyasini erta bosqichlarida bemor bolani davolash 1 kunda 55292 so‘mni tashkil etgan, bunda o‘z vaqtida davolash davolanish muddatini 7 kunga qisqartirish imkonini bergan, natijada davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish 1 ta bolaga 387044 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: semizlik fonidagi nefropatiyani o‘z vaqtida aniqlash nefropatiyalarni asoratlangan shakli rivojlanishini bartaraf etgan, bunda 1 kunda 55292 so‘m davlat byudjetini iqtisod qilishga erishilgan.   
uchinchi ilmiy yangilik: abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda buyraklar funksiyasining buzilishini sistatin miqdori, sistatin bo‘yicha KFT va mikroal`buminuriya darajasi bilan birga uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlari, umumiy xolesterin, trigliseridlar miqdori hamda buyrak ichi gemodinamikasining o‘zgarishi bilan uzviy korrelyasion bog‘liqligi bo‘lishi aniqlanganligi Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 19-avgustdagi 19-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar 1 son bolalar shifoxonasida 2023 yil 21 avgustdagi 12-1-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar 8 son oilaviy poliklinikasida  2023 yil 22 avgustdagi 44-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan.
 Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotdan olingan natijalar semizligi bo‘lgan bolalarda tashxis qo‘yishda sistatin, sistatin bo‘yicha KFT, buyrak ichi gemodinamikasi, mikroal`buminuriya, uglevod va lipid almashinuvi ko‘rsatkichlarini aniqlash, buyraklar funksiyasi buzilishini subklinik shaklini skriningi sifatida qo‘llash orqali tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini oshirishga erishilgan.   
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizligi bo‘lgan bolalarda nefropatiya kasalliklarini aniqlash uchun sistatin miqdori, sistatin bo‘yicha KFT va mikroal`buminuriya darajasi bilan birga uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlari, umumiy xolesterin, trigliseridlar, rangli dopler kartirlash tekshirishlarini o‘tkazilishi, kasallikni kechishini oldindan bashorat qilishga erishish, asoratlarni kamaytirishi bilan izohlanadi. Bu o‘z navbatida nefropatiyani subklinik, erta shakli bo‘lgan bemor bolani statsionar davolash bosqichida nefropatiyani kechki bosqichlarida davolash bilan solishtirilganda bir kunda 55292 so‘mni va davolash muddati 7 kunga qisqartiradi, bunda 1 ta bola uchun 387044 so‘m davlat mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.  
Xulosa: semizlik fonidagi nefropatiyani o‘z vaqtida aniqlash nefropatiyani asoratlangan shakli rivojlanishini bartaraf qilgan, bir kunda 55292 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.  
to‘rtinchi ilmiy yangilik: turli tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarda nefropatiyani subklinik kechishini skriningi uchun, buyrak patologiyasini xavf omillarini aniqlash orqali erta predektiv diagnostika usuli takomillashtirilganligi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 19-avgustdagi 19-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar 1 son bolalar shifoxonasida 2023 yil 21 avgustdagi 12-1-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar 8-son oilaviy poliklinikasida  2023 yil 22 avgustdagi 44-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarda, ayniqsa, abdominal tipida sistatin, sistatin bo‘yicha KFTni aniqlash va buyrak funksiyasini buzilishini subklinik shaklini skriningi maqsadida buyrak ichi gemodinamikasini baholash natijasida buyrak patologiyasini erta aniqlash uchun ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash orqali buyrak kasalliklarini rivojlanishini va avj olishini oldini olish bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizlik nefropatiyasini o‘z vaqtida aniqlash va uni buyrak surunkali kasalliklarini erta bosqichlarida aniqlash bilan bog‘liq, semizlikdagi nefropatiyani erta subklinik bosqichlarida statsionar davolashda kech bosqichlar bilan solishtirilganda, butun kurs davomida bitta bemor uchun 891345 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
Xulosa: semizlik fonida rivojlangan nefropatiya bilan og‘rigan bolalarda takomillashtirilgan erta diagnostika va o‘z vaqtida o‘tkazilgan davolash chora tadbirlarni qo‘llash natijasida 1 nafar bemor uchun 891345 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Semizlik fonida bolalarda buyraklarning funksional holati va tuzilishining xususiyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 2 dekabrdagi 13765-sonli xati yuborilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2023 yil 18 oktyabrdagi 94-son xulosasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish