Suleymanova Lola Ismatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalar kasalxonadan tashqari pnevmoniyasi patogenezida klinik va immunogenetik prediktlar», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib1793.
Ilmiy rahbarlar: Nabieva Umida Pulatdjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Raxmankulova Zuxra Jandarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01
Rasmiy opponentlar: Mullaeva Lola Javlanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalar kasalxonadan tashqari pnevmoniyasi patogenezida klinik va immunogenetik prediktlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalarda kasalxonadan tashqari pnevmoniyada yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar (TNF-α, IL-17A va IL-4) miqdorlarining sog‘lomlarga nisbatan ishonarli yuqoriligi  yallig‘lanish faolligi kuchayishi va pnevmoniya og‘ir kechishi rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalarda TNF-α -308G/A rs1800629 geni A alleli va geterozigota GA genotipining uchrashi kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning og‘ir kechishi rivojlanishiga prognostik omili, aksincha G alleli va gomozigot GG genotipi protektorlik omillaridan ekanligi isbotlangan;
ilk bor yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalarda IL-4 (-590) S/T rs2243250 genining polimorf allellari va genotiplari taqsimlanishida CC genotipi C allel varianti uchrashi darajasining ortishi kasallikning og‘ir shakli rivojlanishiga sababchi, aksincha, geterozigota ST genotipi og‘ir bo‘lmagan va T alleli og‘ir shaklida protektor bo‘lib, kasallikka rezistentlik rivojlanishiga sababchi bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor kasalxonadan tashqari pnevmoniyada yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar (TNF-α, IL-17A va IL-4) yuqori miqdorlari tomirlarining endoteliysiga, birinchi navbatda kapillyarlarga va o‘pka to‘qimalariga kuchli zarar etkazuvchi ta’sirga olib kelishi, yallig‘lanish xos va qarshi sitokinlar (TNF-α+IL-17A/IL-4) nisbatining ortishi pnevmoniya og‘irligining prognostik mezoni ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Immunologiya va inson genomikasi instituti Ekspert kengashining 2023-yil 18-dekabrdagi №PhD 5a-2/006-sonli  xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati:  ilk bor yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalarda kasalxonadan tashqari pnevmoniyada yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar (TNF-α, IL-17A va IL-4) miqdorlarining sog‘lomlarga nisbatan ishonarli yuqoriligi  yallig‘lanish faolligi kuchayishi va pnevmoniya og‘ir kechishi rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati:  yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalar kasalxonadan tashqari pnevmoniyada aniqlangan immunologik ko‘rsatkichlar va ularning o‘zaro bog‘liqligi kasallikning aniqlash, rivojlanishi, klinik kechishi va prognozini baholashda muxim rol` o‘ynaydi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati perinatal markazi va Toshkent shaxar “Poytaxt-med diagnostika” klinikasiga amaliy faoliyatlariga joriy qilingan (Immunologiya va inson genomikasi institutining 2023-yil 22-avgustdagi №PhD 4a-1/002-sonli ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasalxonadan tashqari pnevmoniyada bilan kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash ixtisoslashtirilgan davolash taktikasini qo‘llashga, kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirishga xamda asoratlarini kamaytirishga imkon yaratgan va bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi  quyidagilardan iborat: prognostik mezonlarni samarali qo‘llash va davolash-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish kasalxonada yotib davolanishni 6,5 kunga qisqartirish imkonini bergan. Har bir bemor uchun 6,5 kun kasalxonada yotib davolanish uchun taxminiy xarajatlar 700 000 x 6,5 = 4 550 000 so‘mni tashkil etgan va bu iqtisodiy samaradorlik xisoblanadi. Shunday qilib, bitta bemorni davolashda davlat byudjetidan 4 million 550 ming so‘mni tejash imkonini bergan; xulosa: Suleymanova Lola Ismatullaevnaning «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalarda kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning prognostik xavf omillari va klinik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi va «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasalxonadan tashqari orttirilgan pnevmoniyaning og‘irlik darajasini tashxislash usuli» nomli dasturiy majmuasi tasdiqlangan (Immunologiya va inson genomikasi institutining 2023-yil 22-avgustdagi №PhD 4 a-1/002-sonli ma’lumotnomasi).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalarda TNF-α -308G/A rs1800629 geni A alleli va geterozigota GA genotipining uchrashi kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning og‘ir kechishi rivojlanishiga prognostik omili, aksincha G alleli va gomozigot GG genotipi protektorlik omillaridan ekanligi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati:  yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha  bolalarda kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning rivojlanishiga, TNF-α -308G/A rs1800629 genining polimorf allellari va genotiplari o‘rganilayotgan patologiya rivojlanishining prognostik omillaridan biri hisoblanadi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati perinatal markazi va Toshkent shaxar “Poytaxt-med diagnostika” klinikasiga amaliy faoliyatlariga joriy qilingan (Immunologiya va inson genomikasi institutining 2023-yil 22-avgustdagi №PhD 4a-1/002-sonli ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning rivojlanish xavfini immunogenetik ko‘rsatkichlar asosida erta tashhislash va oldini olish, olib borish taktikasini takomillashtirish, to‘g‘ri davolash taktika¬sini qo‘llash hisobiga asoratlarini kamaytirishga imkon yaratgan  va bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: prognostik mezonlarni samarali qo‘llash va davolash-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish kasalxonada yotib davolanishni 6,5 kunga qisqartirish imkonini bergan. Har bir bemor uchun 6,5 kun kasalxonada yotib davolanish uchun taxminiy xarajatlar 700 000 x 6,5 = 4 550 000 so‘mni tashkil etgan va bu iqtisodiy samaradorlik xisoblanadi. Shunday qilib, bitta bemorni davolashda davlat byudjetidan 4 million 550 ming so‘mni tejash imkonini bergan; xulosa: Suleymanova Lola Ismatullaevnaning «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalarda kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning prognostik xavf omillari va klinik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi va «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasalxonadan tashqari orttirilgan pnevmoniyaning og‘irlik darajasini tashxislash usuli» nomli dasturiy majmuasi tasdiqlangan (Immunologiya va inson genomikasi institutining 2023-yil 22-avgustdagi №PhD 4 a-1/002-sonli ma’lumotnomasi).
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalarda  IL-4 (-590) S/T rs2243250 genining polimorf allellari va genotiplari taqsimlanishida CC genotipi C allel varianti uchrashi darajasining ortishi kasallikning og‘ir shakli rivojlanishiga sababchi, aksincha, geterozigota ST genotipi og‘ir bo‘lmagan va T alleli og‘ir shaklida protektor bo‘lib, kasallikka rezistentlik rivojlanishiga sababchi bo‘lishi aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha  bolalarda kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning rivojlanishiga, IL-4 (-590) S/T rs2243250 genining polimorf allellari va genotiplari o‘rganilayotgan patologiya rivojlanishining prognostik omillaridan biri hisoblanadi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati perinatal markazi va Toshkent shaxar “Poytaxt-med diagnostika” klinikasiga amaliy faoliyatlariga joriy qilingan (Immunologiya va inson genomikasi institutining 2023-yil 22-avgustdagi №PhD 4a-1/002-sonli ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning rivojlanish xavfini immunogenetik ko‘rsatkichlar asosida erta tashhislash va oldini olish, olib borish taktikasini takomillashtirish, to‘g‘ri davolash taktika¬sini qo‘llash hisobiga asoratlarini kamaytirishga imkon yaratgan  va bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: prognostik mezonlarni samarali qo‘llash va davolash-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish kasalxonada yotib davolanishni 6,5 kunga qisqartirish imkonini bergan. Har bir bemor uchun 6,5 kun kasalxonada yotib davolanish uchun taxminiy xarajatlar 700 000 x 6,5 = 4 550 000 so‘mni tashkil etgan va bu iqtisodiy samaradorlik xisoblanadi. Shunday qilib, bitta bemorni davolashda davlat byudjetidan 4 million 550 ming so‘mni tejash imkonini bergan; xulosa: Suleymanova Lola Ismatullaevnaning «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalarda kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning prognostik xavf omillari va klinik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi va «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasalxonadan tashqari orttirilgan pnevmoniyaning og‘irlik darajasini tashxislash usuli» nomli dasturiy majmuasi tasdiqlangan (Immunologiya va inson genomikasi institutining 2023-yil 22-avgustdagi №PhD 4 a-1/002-sonli ma’lumotnomasi).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor kasalxonadan tashqari pnevmoniyada yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar (TNF-α, IL-17A va IL-4) miqdorining yuqoriligi kuchli yallig‘lanish va immunitet jarayonlarining,   yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar (TNF-α+IL-17A/IL-4) nisbatining ortishi esa pnevmoniya og‘irligining  prognostik mezonlari ekanligi asoslangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalar kasalxonadan tashqari pnevmoniyada aniqlangan immunologik ko‘rsatkichlar va ularning o‘zaro bog‘liqligi kasallikning aniqlash, rivojlanishi, klinik kechishi va prognozini baholashda muxim rol` o‘ynaydi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati perinatal markazi va Toshkent shaxar “Poytaxt-med diagnostika” klinikasiga amaliy faoliyatlariga joriy qilingan (Immunologiya va inson genomikasi institutining 2023-yil 22-avgustdagi №PhD 4a-1/002-sonli ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasalxonadan tashqari pnevmoniyada bilan kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash ixtisoslashtirilgan davolash taktikasini qo‘llashga, kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirishga xamda asoratlarini kamaytirishga imkon yaratgan  va bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: prognostik mezonlarni samarali qo‘llash va davolash-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish kasalxonada yotib davolanishni 6,5 kunga qisqartirish imkonini bergan. Har bir bemor uchun 6,5 kun kasalxonada yotib davolanish uchun taxminiy xarajatlar 700 000 x 6,5 = 4 550 000 so‘mni tashkil etgan va bu iqtisodiy samaradorlik xisoblanadi. Shunday qilib, bitta bemorni davolashda davlat byudjetidan 4 million 550 ming so‘mni tejash imkonini bergan; xulosa: Suleymanova Lola Ismatullaevnaning «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bolalarda kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning prognostik xavf omillari va klinik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi va «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasalxonadan tashqari orttirilgan pnevmoniyaning og‘irlik darajasini tashxislash usuli» nomli dasturiy majmuasi tasdiqlangan (Immunologiya va inson genomikasi institutining 2023-yil 22-avgustdagi № PhD4a-1/002-sonli ma’lumotnomasi)

Yangiliklarga obuna bo‘lish