Ochilov G‘olibjon Ernazar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shimoliy Tomditov eotsen gillarining ko‘pchish xususiyatlari va ularning deformatsiyalarini modellashtirish», 04.00.04 - Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/GM164.
Ilmiy rahbar: Zakirov Mirabbas Mirsaatovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti..
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Bimurzaev Gani Amirgalievich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekgidrogeologiya” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Tomditov eotsen gillarining ko‘pchish xususiyatlarini aniqlash va ularning deformatsiyalarini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er yuzasida hamda bino va inshootlarda darzlik hosil bo‘lish jarayonining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar majmuasi aniqlangan;
tabiiy va o‘zgartirilgan bentonitli gil namunalarining tarkibi va deformatsion xossalari korrelyasion bog‘liqliklariga asoslangan muhandislik-geologik parametrlarni soddalashtirilgan baholash usuli ishlab chiqilgan;
qayta takrorlanuvchi gipergenik jarayonlarning ko‘pchuvchan bentonitli gillar moddiy tarkibiga va deformatsion xususiyatlariga ta’siri aniqlangan, kesimda muhandislik-geologik xususiyatlari turlicha bo‘lgan uchta (kuchli, o‘rtacha va kam o‘zgargan) zona mavjudligi isbotlangan;
intensiv issiqlik–massaalmashuv va deformatsion jarayonlarning faollashuvi bilan kechadigan tabiiy-iqlim sharoitlarining ta’siriga qarab, Shimoliy Tomditov ko‘pchuvchan eotsen gillaridan tashkil topgan asoslarning siljishi va deformatsiyalari modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Shimoliy Tomditov eotsen gillarining ko‘pchish xususiyatlari va ularning deformatsiyalarini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
darzlik hosil bo‘lish jarayonining rivojlanishiga ta’sir etuvchi aniqlangan kompleks omillar “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti – O‘ZGASHKLITI” Qoraqalpoq filiali ishlab chiqarishiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 04-07/01-2758-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ham er yuzasida, ham bino va inshootlarda deformatsiyalarni o‘rganish bo‘yicha muhandislik-geologik izlanishlarning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
kompleks va mufassal tahlil qilish natijasida olingan korrelyasion o‘zaro bog‘liqliklar “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti – O‘ZGASHKLITI” Qoraqalpoq filiali ishlab chiqarishiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 04-07/01-2758-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘pchuvchan bentonitli gillarning deformatsion ko‘rsatkichlarini sodda baholash imkonini bergan;
hozirgi zamon gipergenez jarayoni ta’sirida ko‘pchuvchan gillarning moddiy tarkibi, muhandislik-geologik va seysmik xususiyatlarining o‘zgarish turlari bo‘yicha geologik kesim yuqori qismini ajratishning prinsipial sxemasi “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti – O‘ZGASHKLITI” Qoraqalpoq filiali amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 04-07/01-2758-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar kuchli o‘zgargan, o‘rtacha o‘zgargan va kam o‘zgargan zonalarni ajratish imkonini bergan;
Shimoliy Tomditov tog‘ oldi tekisligida ko‘pchuvchan bentonitli gillarning tarqalish hududlarini muhandislik-geologik rayonlashtirish sxematik kartasi “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti – O‘ZGASHKLITI” Qoraqalpoq filiali ishlab chiqarishiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 04-07/01-2758-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, seysmik mikrorayonlashtirish uchun muhandislik-geologik asosni takomillashtirish, instrumental-geofizik tadqiqotlar nuqtalarini tanlashning aniqligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish