Mo‘minova Nigora Xayritdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akusherlikda septik holatlarni olib borishning differensial taktikasi, erta tashxisi va prognozlashning zamonaviy mezonlari”, 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya va 14.00.25–Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B2017.1.DSc/Tib.23.
Ilmiy maslaxatchilar: Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiet fanlari doktori, professor; Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiet fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nigmatullaeva Mastura Nurullaevana, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaybulina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ukraina Milliy tibbiyot fanlar akademiyasining Perinatologiya, akusherlik va ginekologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi: akusherlik amaliyotida septik holatlar patogenezi, olib borish differensial taktikasi, erta tashxisi va prognozining zamonaviy mezonlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sepsisning og‘ir formalari – sepsis-sindrom va septik shokda homiladorlikni to‘xtatish va infeksiya o‘chog‘ini olib tashlash ko‘rsatmalari ishlab chiqilgan;
sezuvchanligi yuqori bo‘lgan prokal`sitoninni tashxislash testini qo‘llash davolash samaradorligini keskin oshirishi isbotlangan;
akusherlik sepsis holatlarida aniqlangan immunoreaktivlik buzilish darajasi infeksiya tarqalishini tashxislash va prognozlash samaradorligi isbotlangan;
prokal`sitonin, sitokinlar, S-reaktiv oqsil biomarkerlarni aniqlash sepsisning erta davri tashxisining asosiy mezonlaridan biri ekanligi isbotlangan;
ilk bor akusherlik septik holatlarida assotsiatsiyalangan mikrobiologik floraning uchrash darajasi sepsisning og‘irlik darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
akusherlik septik holatlarning differensial taktikasida prokal`sitonin ko‘rsatkichining o‘zgarishi septik holatning og‘irlashishi bilan to‘gri proporsionalligi isbotlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akusherlikda septik holatlarni olib borishning differensial taktikasi, erta tashxisi va prognozlashning zamonaviy mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Sepsis: tushunchasi, tashxislash tamoyillari, patogenezi va akusherlikda intensiv davolash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 5 martdagi 67-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘z vaqtida, aniq qo‘yilgan tashxis patologik jarayonining og‘ir formalariga o‘tishini oldini olish, onalar va chaqaloqlar orasida kasallik va o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini bergan;.
«Siydik yo‘llari infeksiyasini tashxis qilish, davolash va oldini olish» nomli uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 5 martdagi 68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma siydik yo‘llari infeksiyasini tashxis qilish, davolash va oldini olish, davolash va profilaktika samarasini oshirish imkonini bergan;
«Tug‘ruqdan keyingi davrda yiringli-septik kasalliklarning tashxis usullari» nomli uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 26 sentyabrdagi 8N-g/57-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma yiringli-septik kasalliklarga chalingan ayollarni erta tashxislash, davolash va profilaktika samarasini oshirishda hamda onalar nogironligi va o‘limini keskin kamaytirish imkonini bergan;
akusherlikda septik holatlarni olib borishning differensial taktikasi, erta tashxisi va prognozlashning zamonaviy mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika perinatal markazi va Farg‘ona viloyati Perinatal markazi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 26 sentyabrdagi 8n-d/57-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar septik holatlardagi bemorlarda tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali ularni statsionarda davolanish kunlarini 3-5 kunga kamaytirishga va bir yilda septik holatli barcha bemorlar soniga nisbatan davlat byudjet mablag‘larini 160,9 mln. so‘m tejashga imkon yaratgan.