Eshmuratov Anvar Baltabaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Obsad kolonnalarni sementlashda kolonna ortidagi sement halqasini musthkamligini oshirishning chora-tadbirlarini ishlab chiqish», 04.00.11 – Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3070.
Ilmiy rahbar: Umedov Sherali Xalloqovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ huzuridagi DSc.23/25.08.2021.T.136.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy  kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximov Akbarxodja Komilovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmatov Usan Daurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: skvajinalarni mustahkamlash sifatini oshirish hamda qatlamlarni samarali ajratish uchun yuqori mustahkamli tamponaj qorishmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
porfirit yordamida alohida sementlash orqali ko‘p qatlamli uyumlarni bir-biridan sifatli ajratish texnologiyasi yaratilgan;
porfiritni o‘z ichiga olgan yuqori mustahkamli tamponaj qorishmasi yordamida tamponaj toshining o‘tkazuvchanligining pasayishi aniqlangan;
porfirit va kalsiy oksidini tamponaj qorishmasiga qo‘shish orqali tamponaj toshining obsad kolonna va skvajina devorlariga yopishishi yaxshilanishi niqlangan;
Ustyurt mintaqasining ko‘p qatlamli uyumlari sharoitida ishlatish kolonnalarini sementlashda kengayuvchi tamponaj qorishmasidan foydalanish ilmiy asoslangan;
tamponaj toshining mustahkamligini oshiradigan porfirit hamda kengaytiruvchi qo‘shimcha sifatida kalsiy oksidi asosida tamponaj qorishmasining samarali tarkibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Obsad kolonnalarni sementlashda kolonna ortidagi sement halqasini mustahkamligini oshirishning chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
porfiritni qo‘llash orqali yuqori samarali tamponaj qorishmasining tarkibi “Ustyurt URB” MChJ maydonining Aralik 1-sonli skvajinasida joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” Ajning 2023 yil 9 yanvardagi 04-24-12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, OPPni qo‘llash  yordamida obsad kolonnalarini sementlash halqa muhitining germetikligini 5% ga, tamponaj toshining mustahkamligini 2-3 marta oshirishga imkon bergan;
ko‘p qatlamli uyumlarni sementlashda o‘tkazuvchan qatlamlarni ajratish uchun kengayuvchi tamponaj sementi “Ustyurt URB” MChJ maydonining Shimoliy Urga 2-sonli skvajinasida joriy etildi  (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 9 yanvardagi 04-24-12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kalsiy oksidi tamponaj toshining korroziyaga chidamliligini 11-13% ga, shuningdek, obsad kolonna va tog‘ jinsi bilan yopishishini 7% ga oshirib, 55 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish