Egamqulov Husniddin Erkaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sirdaryo viloyatining nozoekologik vaziyati va aholi salomatligini hududiy xususiyatlari (Boyovut tumani misolida)», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Gr199.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Karshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Rahmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Ravshanov Aliqul Xudoyberdievich, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
ssertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo viloyati va uning muhim ma’muriy-hududiy birliklaridan biri hisoblangan Boyovut tumani nozoekologik holatini baholash va prognoz qilish asosida viloyat aholisi salomatlik holatini yaxshilash bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba yaratilgan O‘zbekistonning tibbiy geografik web atlasi tarkibida Sirdaryo viloyati nozoekologik vaziyatini asoslovchi turkum xaritalar yaratilgan;
Sirdaryo viloyati nozoekologik holati va aholi salomatligi, kasalliklarning hududiy tarkibi baholangan, ular o‘rtasidagi korrelyasion aloqadorlik (viloyat va Boyovut tumani misolida) ochib berilgan;
Boyovut tumani nozoekologik vaziyati sotsiologik tadqiqot orqali aniqlangan, aholi salomatlik darajasi oilaviy poliklinika (OP) va oilaviy shifokorlik punktlari (OShP) kesimida baholangan;
Sirdaryo viloyati hamda Boyovut tumani aholisi kasalliklari hududiy tarkibining 2026-yilgacha (o‘rta muddatli) prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sirdaryo viloyatining nozoekologik vaziyati va aholi salomatligini hududiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning tibbiy geografik web atlasi tarkibida Sirdaryo viloyati nozoekologik vaziyatini asoslovchi kartalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 20943-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 17-maydagi 04/11-2971 ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur viloyat va uning tumanlari kesimida kasalliklar tur va tarkibi mavzusidagi kartalarning ma’lumotlar bazasini boyitish imkonini bergan;
Sirdaryo viloyati nozoekologik holati va aholi salomatligi, kasalliklarning hududiy tarkibi hamda ular o‘rtasidagi aniqlangan korrelyasion aloqadorliklardan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 20943-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat tumanlari kesimida tabiiy iqlim sharoitning aholi salomatligi va kasalliklar hududiy tarkibiga ta’sirini qiyosiy ravishda miqdoriy ko‘rsatkichlarda baholash imkonini bergan;
aholi salomatligining integral diagnostikasi va reytingiga doir xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 20943-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlardagi aholi salomatlik holatini kompleks baholashda rasmiy statistik ma’lumotlardan tashqari sotsiologik ma’lumotlardan ham unumli foydalanish imkonini bergan;
2026-yilgacha ishlab chiqilgan prognozlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 20943-son ma’lumotnomasi). Natijada, ular asosida viloyatda istiqbolli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yishga imkon yaratgan.