Matekeev Abil Amaniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiya muhitini yaxshilashda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini moliyalashtirish yo‘llari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3. PhD/Iqt2440
Ilmiy rahbar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qaraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022. I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Bibisora Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldoshev Olim Abdirayimovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi investisiya muhitini yaxshilashda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini moliyalashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish hamda eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun xarid qilingan xomashyoni respublika bo‘ylab tashishda transport xarajatlarining 70 foizini Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berish orqali hududlarning investisiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash taklifi asoslangan;
“Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasining investisiya muhitini yaxshilashda markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi uchun kapital qo‘yilmalar limitlari ajratish taklifi asoslangan;
Nukus shahrida «Qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi» va «Mebelchilik kichik sanoat zonasi» tashkil etish hisobiga qurilish materiallari hamda mebel mahsulotlari ishlab chiqarish klasterlarini barpo qilish asosida hududga investisiyalarni faol jalb qilish taklifi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i bo‘yicha soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirish orqali hududning investisiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Investisiya muhitini yaxshilashda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish hamda eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun xarid qilingan xomashyoni respublika bo‘ylab tashishda transport xarajatlarining 70 foizini Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berish orqali hududlarning investisiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 avgustdagi PF-213-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovasion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 19 dekabrdagi 02-06/9-12/929-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarning investisiya va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishning moliyaviy imtiyozlarni qo‘llash mexanizmi takomillashtirish imkoni yaratilgan;
“Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasining investisiya muhitini yaxshilashda markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi uchun kapital qo‘yilmalar limitlari ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PQ-306-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 19 dekabrdagi 02-06/9-12/929-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natiajasida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasining investision jozibadorligini oshirish imkoni yaratilgan;
Nukus shahrida «Qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi» va «Mebelchilik kichik sanoat zonasi» tashkil etish hisobiga qurilish materiallari hamda mebel mahsulotlari ishlab chiqarish klasterlarini barpo qilish asosida hududga investisiyalarni faol jalb qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi 155-son qarori bilan tasdiqlangan “Hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi””da inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 19 dekabrdagi 02-06/9-12/929-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natiajasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali Nukus tumaning investisiya muhitini yaxshilash imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i bo‘yicha soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirish orqali hududning investisiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 avgustdagi PF-213-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovasion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 19 dekabrdagi 02-06/9-12/929-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarning investisiya va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishning moliyaviy imtiyozlarni qo‘llash mexanizmi takomillashtirilgan.