Muxitdinova Kamola Alisherovnaning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalari investision salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.4.DSc/Iqt565.
Ilmiy maslahatchi: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muratova Shoxista Nigmatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xamidova Faridaxon Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «MISiS» milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalari investision salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy metodoligiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Olmaliq KMK» AJ investision salohiyatini moliyaviy monitoring qilish yondashuvi ishlab chiqarishning texnologik monitoring natijalariga ustuvorlik bergan holda investisiyalar moliyaviy samaradorligi korreksiyalariga ko‘ra takomillashtirilgan;
hududlarni barqaror va jadal rivojlantirishga yondashuv ishlab chiqarishda texnik-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar mutanosibligi hamda xorijiy investorlar mandatini yagona ekotizmiga ko‘ra baholash takomillashtirilgan;
sanoat xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash, ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish bo‘yicha zararli mehnat determinantlarini kamaytirish mexanizmi sanoat korxonalarida inson kapitali samaradorligini oshirishda yashil investisiyalarni sun’iy intellektga jalb qilishga ko‘ra takomillashtirilgan;
«Olmaliq KMK» AJ investision samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va mehnat salohiyatidan unumli foydalanishga ko‘ra oshirish asoslangan;
strategik investisiya loyihalarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tizimida har bir strategik investisiya loyihasi bo‘yicha alohida loyiha boshqaruvchilarini tayinlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalari investision salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Olmaliq KMK» AJ investision salohiyatini moliyaviy monitoring qilish yondashuvi ishlab chiqarishning texnologik monitoring natijalariga ustuvorlik bergan holda investisiyalar moliyaviy samaradorligi korreksiyalariga ko‘ra takomillashtirish taklifi «Olmaliq KMK» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJ 2023-yil 14 sentyabrdagi 63-465-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaga jalb etilgan investisiyalar hajmini 1,5% oshirish imkonini berdi;
hududlarni barqaror va jadal rivojlantirishga yondashuv ishlab chiqarishda texnik-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar mutanosibligi hamda xorijiy investorlar mandatini yagona ekotizmiga ko‘ra baholash taklifi «Olmaliq KMK» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJ 2023-yil 14 sentyabrdagi 63-465-sonli ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida, korxonaning 2022-yilda 3% samaradorlikka erishishi va 18 mln.so‘m mablag‘ni tejashga imkon bergan;
«Olmaliq KMK» AJ investision samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va mehnat salohiyatidan unumli foydalanishga ko‘ra oshirish taklifi «Olmaliq KMK» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJ 2023-yil 14 sentyabrdagi 63-465-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxona investision salohiyatini ichki va tashqi imkoniyatlaridan samarali foydalanish darajasini oshirishga, jumladan rangli metallurgiya sohasini samarali rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sanoat xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash, ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish bo‘yicha zararli mehnat determinantlarini kamaytirish mexanizmi sanoat korxonalarida inson kapitali samaradorligini oshirishda yashil investisiyalarni sun’iy intellektga jalb qilishga ko‘ra takomillashtirish taklifi «Olmaliq KMK» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJ 2023-yil 14 sentyabrdagi 63-465-sonli ma’lumotnomasi). Natijada inson kapitali samaradorligini 0,8 foizga oshishiga erishilgan;
strategik investisiya loyihalarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tizimida har bir strategik investisiya loyihasi bo‘yicha alohida loyiha boshqaruvchilarini tayinlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-son «O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini tasdiqlash hamda investisiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2023-yil 26 iyundagi 02-95-253-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi investisiya loyiha monitoringi sifatini ta’minlashga ko‘ra ularning samaradorligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan.