Mamatov Sardor Axmatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiy xavfsizlikning institutsional asoslarini takomillashtirish», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2858
Ilmiy rahbar: Rasulev Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03.30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abulqosimov Murod Xasanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash institutsional asoslarini takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini tadqiq qilish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiy xavfsizlik munosabatlarining institutsional asoslari” tushunchasi barqaror, samarali iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mexanizmlarining tuzilishini va davlat boshqaruviga iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining har birining manfaatlarini muvozanatlash tamoyillarini joriy etishni ta’minlaydigan o‘zaro bog‘liq rasmiy va norasmiy institutlar (normalar va qoidalar, tashkilotlar, muassasalar) o‘z hissasini qo‘shadigan to‘plam nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “shaxsning iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasi shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun tegishli shart-sharoitlarning mavjudligi, inson manfaatlari va ehtiyojlari qondirilishining turli xavf-xatar va tahdidlardan himoyalanganligi, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan erkin foydalana olish imkoniyatlarining ta’min etilishi, fuqarolarning qonuniy haq-huquqlarini kafolatlanganligini namoyon etuvchi aholining daromadlari va mulkiy salohiyati jihatidan takomillashtirilgan;
davlat qarzining YaIMga nisbatan ulushi (UDQ/YaIM), davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining, davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi (UX/BD) o‘rtasidagi nisbatning optimal darajasi (UDQ/YaIM/UX/BD=36,4:7,9) da iqtisodiy xavfsizlikka tahdidning minimal darajasi (79%) ni ta’minlash asoslangan;
O‘zbekistonda makroiqtisodiy parametrlarning o‘zgarishi hamda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modelni ishlab chiqish asosida iqtisodiy xavfsizlikning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy xavfsizlikni institutsional asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiy xavfsizlik munosabatlarining institutsional asoslari” tushunchasini barqaror, samarali iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mexanizmlarining tuzilishini va davlat boshqaruviga iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining har birining manfaatlarini muvozanatlash tamoyillarini joriy etishni ta’minlaydigan o‘zaro bog‘liq rasmiy va norasmiy institutlar (normalar va qoidalar, tashkilotlar, muassasalar) o‘z hissasini qo‘shadigan to‘plam nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy xavfsizlik” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda iqtisodiy xavfsizlik munosabatlarining institutsional asoslari tushunchasi yuzasidan kengroq nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “shaxsning iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasini shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun tegishli shart-sharoitlarning mavjudligi, inson manfaatlari va ehtiyojlari qondirilishining turli xavf-xatar va tahdidlardan himoyalanganligi, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan erkin foydalana olish imkoniyatlarining ta’min etilishi, fuqarolarning qonuniy haq-huquqlarini kafolatlanganligini namoyon etuvchi aholining daromadlari va mulkiy salohiyati jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy xavfsizlik” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda shaxsning iqtisodiy xavfsizligi tushunchasi yuzasidan kengroq nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
davlat qarzining YaIMga nisbatan ulushi (UDQ/YaIM), davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining, davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi (UX/BD) o‘rtasidagi nisbatning optimal darajasi (UDQ/YaIM/UX/BD=36,4:7,9) da iqtisodiy xavfsizlikka tahdidning minimal darajasi (79%) ni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 13 oktyabrdagi 66-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat qarzining YaIMga nisbatan ulushi hamda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining, davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi o‘rtasidagi nisbatning optimal darajasi ta’minlash orqali iqtisodiy xavfsizlikka tahdidning minimal darajasiga erishish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda makroiqtisodiy parametrlarning o‘zgarishi hamda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modelni ishlab chiqish asosida iqtisodiy xavfsizlikning 2027 yilga qadar aniqlangan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 13 oktyabrdagi 66-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida makrodarajada iqtisodiy, investision o‘sish, inflyasiya, ishsizlikni iqtisodiyotga bo‘lgan taxdid darajasini kamaytirish kabi ko‘rsatkichlarning aniqligi va o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.