Isakov Axmadali Esanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida investisiyalardan samarali foydalanish (Namangan viloyati misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1949.
Ilmiy rahbar: Abdugafarov Abduhalil XXX, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Baxriddin Juraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Baymirzaev Dilmurod Nematovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD),dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarida investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishga mas’ul idoralar tomonidan bozor kon’yunkturasining o‘zgarib turuvchi sharoitida xususiy investisiyalardan foydalanishni boshlash, davom ettirish yoki muddatidan oldin to‘xtatishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi hamda samarali transformatsiyalashga oid tavsiyaviy xulosalar beruvchi tahlil-ekspertiza-konsalting guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
raqobat muhitida tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish uchun investisiyalar jalb qilish raqobatbardoshligini aniqlashning milliy iqtisodiyot holatidan kelib chiqqan holda tadbirkorlik uchun “past darajada raqobatbardosh” (0,4<R<0,6); “o‘rta darajada raqobatbardosh” (0,5<MB<0,8); “yuqori darajada raqobatbardosh” (1,67<TQ<2,5) mezonlari ishlab chiqilgan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimida investisiyalardan foydalanishning uzoq muddatli tajribasi davomida shakllangan investisiya jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirishning optimal me’yorlari va chegaralari asosida investisiyalardan samarali foydalanishning “namunaviy loyiha (etalon)lari”ni joriy etish taklifi asoslangan;
Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda investisiyalardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish asosida tadbirkorlik sub’ektlari mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2028 yilga qadar ko‘p omilli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarida investisiyalardan foydalanish samaradorligining masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishga mas’ul idoralar tomonidan bozor kon’yunkturasining o‘zgarib turuvchi sharoitida xususiy investisiyalardan foydalanishni boshlash, davom ettirish yoki muddatidan oldin to‘xtatishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi hamda samarali transformatsiyalashga oid tavsiyaviy xulosalar beruvchi tahlil-ekspertiza-konsalting guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirliklari tomonidan “Hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida investisiyalardan foydalanishni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 02-11-2-15433-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarida investisiya muhitining shakllanishi, investision jozibadorlikni oshirish, hududiy-iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlik darajasini oshirishni ta’minlash imkoni yaratilgan;
raqobat muhitida tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish uchun investisiyalar jalb qilish raqobatbardoshligini aniqlashning milliy iqtisodiyot holatidan kelib chiqqan holda tadbirkorlik uchun “past darajada raqobatbardosh” (0,4<R<0,6); “o‘rta darajada raqobatbardosh” (0,5<MB<0,8); “yuqori darajada raqobatbardosh” (1,67<TQ<2,5) mezonlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirliklari tomonidan “Hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida investisiyalardan foydalanishni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 02-11-2-15433-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yilda Namangan viloyati bo‘yicha 341 ta tadbirkorlik faoliyatiga moliyaviy ko‘mak berish mumkinligi aniqlanib, viloyat iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investisiya hajmini 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 18,7 foizga qo‘shimcha oshishi va viloyatda o‘zlashtirilgan investisiya hajmini 12,1 foizga o‘sishi imkoni yaratilgan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimida investisiyalardan foydalanishning uzoq muddatli tajribasi davomida shakllangan investisiya jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirishning optimal me’yorlari va chegaralari asosida investisiyalardan samarali foydalanishning “namunaviy loyiha (etalon)lari”ni joriy etish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirliklari tomonidan “Hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida investisiyalardan foydalanishni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 02-11-2-15433-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlardagi tadbirkorlik faoliyatida investisiyalardan samarali foydalanish, kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini baholash imkoniyatlarini kengaytirilib, Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.
Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda investisiyalardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish asosida tadbirkorlik sub’ektlari mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p omilli prognozi ma’lumotlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirliklari tomonidan “Hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida investisiyalardan foydalanishni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 02-11-2-15433-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlardagi tadbirkorlik faoliyatida investisiyalardan samarali foydalanish, kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini baholash imkoniyatlarini kengaytirilib, Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli dasturini parametrlarini o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.