Bozarov Boxodir Zuxridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlari sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash asosida samaradorligini oshirish (Namangan viloyati misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2499.
Ilmiy rahbar: Bayxonov Baxodirjon Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Bustonov Mansurjon Mardonakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tarkibiy o‘zgarishlar asosida samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat ishlab chiqarishi turli tarmoqlari xususiyatlari hamda ulardan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda muayyan tarmoqda raqobat muhitini yuzaga keltirish uchun taqozo etiladigan kichik biznes sub’ektlarining me’yordagi salmog‘iga erishishda yirik korxonalar ishlab chiqarish hajmining 10 foiziga qadar qismini kichik korxonalarga ajratish amaliyoti orqali diversifikatsiyalashni rag‘batlantirish asoslangan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini muvofiqlashtiruvchi idoralar tomonidan iqtisodiyotning yetakchi sanoat tarmoqlari hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda kichik biznes korxonalaridagi asosiy ixtisoslashuv bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi tovarlarni ishlab chiqarishning tavsiyaviy istiqbolli diversifikatsiyalash loyihalarini taqdim etish orqali samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
kichik biznes sub’ektlari sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash strategiyasini amalga oshirish mexanizmi bozor kon’yunkturasi o‘zgarishidan kelib chiqqan holda korxonadagi mavjud ishlab chiqarish texnologiyasini “diversifikatsiyalash resurslari markazlari” hisobiga qisqa muddat va kam xarajat bilan o‘zgartirish imkonini yaratish orqali ishlab chiqarish uzlyuksizligini ta’minlash asoslangan;
kichik biznes sub’ektlari sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash asosida samaradorligini oshirish va doimiy talabga ega bo‘lgan assortimentlar sonining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tarkibiy o‘zgarishlar asosida samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
sanoat ishlab chiqarishi turli tarmoqlari xususiyatlari hamda ulardan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda muayyan tarmoqda raqobat muhitini yuzaga keltirish uchun taqozo etiladigan kichik biznes sub’ektlarining me’yordagi salmog‘iga erishishda yirik korxonalar ishlab chiqarish hajmining 10 foiziga qadar qismini kichik korxonalarga ajratish amaliyoti orqali diversifikatsiyalashni rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlardagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 martdagi 11/03-15-3200-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes sub’ektlarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13,8 foizga qo‘shimcha oshib, mahsulot eksporti 8,2 % ko‘payishi ta’minlangan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini muvofiqlashtiruvchi idoralar tomonidan iqtisodiyotning yetakchi sanoat tarmoqlari hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda kichik biznes korxonalaridagi asosiy ixtisoslashuv bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi tovarlarni ishlab chiqarishning tavsiyaviy istiqbolli diversifikatsiyalash loyihalarini taqdim etish orqali samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlardagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 martdagi 11/03-15-3200-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida mahsulot assortimentlarini 21,3 %ga oshirishga, ob’ekt sifatida tanlangan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishda yangi uchta (shlakoblok, bruschatka va temir beton plitasi) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan;
kichik biznes sub’ektlari sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash strategiyasini amalga oshirish mexanizmi bozor kon’yunkturasi o‘zgarishidan kelib chiqqan holda korxonadagi mavjud ishlab chiqarish texnologiyasini “diversifikatsiyalash resurslari markazlari” hisobiga qisqa muddat va kam xarajat bilan o‘zgartirish imkonini yaratish orqali ishlab chiqarish uzlyuksizligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlardagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 martdagi 11/03-15-3200-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kelgusida viloyat va qo‘shni hududlar aholisi ehtiyojini e’tiborga olgan holda, kichik iqtisodiy zona hududida yangi mahsulot ishlab chiqarish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
kichik biznes sub’ektlari sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash asosida samaradorligini oshirish va doimiy talabga ega bo‘lgan assortimentlar sonining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlardagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 martdagi 11/03-15-3200-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022-2026 yillarda Namangan viloyati kichik biznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda istiqbol parametrlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.